calendar 26 Aug 12:51
eye 81
comments 0
comments Manba: zarnews

Sinoptiklar kuzda kutilayotgan ob-havo bo'yicha maʻlumot berishdi

image

"O'zgidromet" bergan maʻlumotga ko'ra, sentyabr oyida o'rtacha oylik havo harorati respublika bo'yicha meʻyor atrofida, baʻzi joylarda meʻyordan 1-1,5 darajaga yuqori bo'lib, 18-25 darajani tashkil etadi.

Oyning birinchi yarmida harorat asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 33-38 daraja bo'ladi.

Oyning ikkinchi yarmida harorat kechalari 13-18darajadan 8-13 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajadan 23-28 darajagacha o'zgarib turadi.

Oylik yog'ingarchilik miqdori meʻyordan kam, baʻzi joylarda meʻyor atrofida bo'lishi kutilmoqda (meʻyor 3-8 mm, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 0,0-2 mm, tog' oldi va tog'li hududlarda 9-28 mm gacha).

Ikkinchi va uchinchi o'n kunliklarning ayrim kunlari biroz yomg'ir yog'ishi mumkin, janubda esa yomg'ir yog'ish ehtimoli kam.

Oktyabrda o'rtacha oylik havo harorati respublika bo'yicha meʻyor atrofida bo'lib, 10-12 darajani, janubda 16-18 darajagachani tashkil etadi.

Oy davomida harorat kechalari 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqgacha o'zgarib turadi, oy oxirida 0-2 daraja sovuqgacha bo'lishi mumkin, kunduz kunlari 23-28 daraja iliqdan 13-18 daraja iliqgacha o'zgarib turadi.

Shimolda, oy davomida havo harorati kechalari 8-13 daraja iliqdan 1-6 daraja iliqgacha o'zgarib turadi, 0-3 daraja sovuqgacha bo'lishi mumkin, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan 20-25 daraja iliqgacha o'zgarib turadi.

Oylik yog'ingarchilik miqdori meʻyor atrofida, baʻzi joylarda meʻyordan ko'p, shimolda va janubda baʻzi joylarda meʻyordan kam (meʻyor 12-26 mm, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3-11 mm, tog' oldi va tog'li hududlarda 27-70 mm gacha).

Oyning ikkinchi va uchinchi o'n kunliklarida asosan yomg'ir ko'rinishidagi yog'ingarchilik bo'lishi kutilmoqda.

Noyabrda o'rtacha oylik havo harorati o'rtacha ko'p yillik qiymatlarga yaqin bo'lib, 2-8 daraja iliqni, janubda 10 daraja iliqni tashkil etadi.

O'zbekiston hududining katta qismida yog'ingarchilik meʻyorga yaqin bo'lishi prognoz qilinmoqda, faqat respublikaning janubi-g'arbida biroz ehtimollik bilan yog'ingarchilik taqchilligi bo'lishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)