Istanbul muzeylari nimasi bilan sayyohlarni hayratga solmoqda — Foto


Turkiyaning jonli metropolisi boʻlgan Istanbul oʻzining tarixiy diqqatga sazovor joylari, ijtimoiy hayoti, muzeylari, sanʼat va madaniyatga oid tadbirlari hamda oʻziga xos gastronomik turizmi bilan tashrif buyuruvchilarga sayohat zavqini taqdim etadi. Ushbu shaharning boy tabiiy meroslari unga tashrif buyuruvchi sayyohlarning ham sevimli manzili hisoblanadi. Yozning huzurbaxsh kunlarida tarix, madaniyat va sanʼat uygʻunligini koʻrishni xohlovchilar uchun Istanbuldagi eng mashhur muzeylarini birlashtirdik.
“Istanbul Modern” muzeyi
Turkiyaning ilk zamonaviy sanʼat muzeyi “Istanbul Modern” Bosfor boʻgʻozi, Karakoʻy hududida qurilgan yangi binosi bilan shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri hisobladi.
Mashhur arxitektor Renzo Piano Galataport “Istanbul Modern” binosini loyihalashtirgan. Uning dizayni Bosfor dengizning mavjlaridan ilhomlangan holda yaratilgan.
“Istanbul Modern” muzeyi xalqaro va mahalliy sanʼatkorlarning turli yoʻnalishlardagi asarlarini namoyish etadi.
Istanbul arxeologiya muzeylari
Topkapi saroyi hududida joylashgan Istanbul arxeologiya muzeylari dunyodagi eng boy eksponatlar majmuiga ega. Majmua uchta asosiy boʻlimdan iborat: “Arxeologiya muzeyi”, “Qadimgi Sharq artefaktlari muzeyi” va “Koshinli saroy muzeyi”.
Unda turli davrlarga tegishli bir milliondan ortiq asarlar mavjud. Majmuaning asosiy binosi boʻlgan Arxeologiya muzeyi dunyodagi sanoqli noyob binolardan biri hisoblanadi. Unda Makedoniyalik Aleksandr portreti, Rim davrining uchta buyuk shaharlari Afroditsias, Efes va Miletda topilgan haykallar ham mavjud. Shuningdek, muzeyda Turkiyada muzeyshunoslikning asoschisi va XIX asrda muzeyning birinchi direktori boʻlgan Usmon Hamdi Bey tomonidan olib borilgan qazishmalar chogʻida topilgan koʻplab asarlar ham oʻrin olgan. Ulardan biri 1887-1888-yillar oraligʻida Sidon Qiroli nekropolida topilgan dunyoga mashhur Aleksandr Sarkofagdir.
Pera muzeyi
Suna va Inan Krach fondi tomonidan asos solingan Pera muzeyi Tepeboshida, Istanbulning yuragi boʻlmish Istiqlol shoh koʻchasi yaqinida joylashgan. Dastlab, meʼmor Axil Manoussos tomonidan Bristol mehmonxonasi sifatida qurilgan bino, hozirda muzeyga aylantirilgan. Pera muzeyining “Sharqona rasmlar” jamlanmasida XVII-XIX asrlargacha Usmonlilar hukmronligidan ilhomlangan suratlar joy olgan boʻlsa, “Onadoʻli vazni va oʻlchovlari” kolleksiyasida Onadoʻlining turli davrlariga oid 10.000 dan ortiq eksponatlar oʻrin olgan.
“Kutahya chinni va kulolchilik jamlanmasi” Turkiyaning Kutahya viloyatidan topilgan yuzlab hunarmandchilik namunalarini oʻz ichiga olgan. Bu yerdagi “Toshbaqa oʻrgatuvchi” nomli beshta ajoyib asar oʻziga xos eksponatlardan biridir.
Maʼlumot oʻrnida, hozir bu yerda Isabel Munozning “Yangi hikoya — Goʻbeklitepa va uning atrofidagi fotosuratlar” nomli koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. U 2023-yilning 17-sentyabrigacha davom etadi.
Sakip Sabanji Muzeyi
Sakip Sabanji Muzeyi Bosfor boʻgʻozidagi eng qadimgi aholi punktlaridan biri boʻlgan Emirganda joylashgan. Uning asosiy binosi boʻlgan villa, 1925-yilda italiyalik arxitektor Edoardo De Nari tomonidan qurilgan. “Otliqlar saroyi” nomi bilan tanilgan saroy 2002-yildan beri muzey, shuningdek, sanʼat va madaniyat markazi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. U koʻp qirrali muzey boʻlib, vaqtincha va doimiy koʻrgazmalar, tabiatni muhofaza qilish va tadqiqot boʻlimlari, oʻquv dasturlari, spektakllar, konferensiyalar va seminarlar hamda ajoyib Bosfor manzaralarini taklif etadi.
Bu yerda xattotlik va rang-tasvir asarlarining boy jamlanmasi hamda dunyoga mashhur rassomlarning asarlarini namoyish etuvchi keng koʻlamli koʻrgazmalar mavjud.
Birinchi plastik sanʼat muzeyi
Istanbul rasm va haykaltaroshlik muzeyi Turkiyaning birinchi plastik sanʼat muzeyi boʻlib, XIX asr oxiridan to XX asr oxirigacha boʻlgan turk sanʼati tarixining muhim jihatlarini taqdim etadi. Muzey fondida 10497 ta rangtasvir, 719 ta haykaltaroshlik, 257 ta kulolchilik buyumlari, 182 ta xattotlik asarlari, 10 ta piktogramma mavjud.
Muzey 1937-yil 18-iyulda Dolmabahche saroyidagi valiahdlik idorasida tashkil etilgan va 1937-yil 20-sentyabrda Mustafo Kamol Otaturk tomonidan ochilgan. 2007-yilda Dolmabahche shahzodasi ofisi qayta tiklash uchun yopilgach, jamlanmalar 2011-yilda Tophane mahallasidagi Antrepo 5-binosiga koʻchirildi va Sedad Hakki Eldem tomonidan ishlab chiqilgan bino meʼmor Emre gʻoyasi bilan muzeyga aylantirildi.
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi
AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi
Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres