18 yoshga toʻlmagan shaxsni novvoy sifatida ishlatish mumkin emas


Foto: “Xalq soʻzi”
Hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023y.) Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxati tasdiqlandi.
Roʻyxatga koʻra, quyidagi ishlarda 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:
— Koʻmirni boyitish apparatchisi;
— Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
— Yer osti kon ishchisi;
— Tarkibida olmos boʻlgan konsentratlarni meʼyoriga yetkazuvchi;
— Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
— Olmoslar va oʻta qattiq materiallarni silliqlovchi;
— Issiqlik tarmogʻidagi uskunalarni taʼmirlash boʻyicha chilangar;
— Neft va gaz qazib olish boʻyicha operator;
— Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
— Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
— Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
— Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
— Gipsni qizdiruvchi;
— Asfaltbetonchi;
— Novvoy;
— Xamir qoruvchi;
— Goʻsht mahsulotlarini kesuvchi;
— Muzqaymoq tayyorlovchi;
— Naqqosh;
— Yoʻlovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;
— Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.
Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi
Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari
Xiva: Ichan qal’a – tarix va zamon ko‘zgusi
Xiva ' ming yillar bag'rida sayqallangan tarixiy shahar. Uning yuragi bo'lmish Ichan qal'a esa betakror me'moriy yodgorliklari bilan bugun ham o'z maftunkorligini yo'qotmagan. Ushbu qadimiy qal'a nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon madaniy merosining durdonalaridan biri sifatida e'tirof etiladi.Ichan qal'a devorlari ichida qad ko'targan madrasalar, masjidlar va minoralar ko'hna shon-sharafdan so'zlaydi. Ko'hna yo'laklardan yurib, Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta Minor, Juma masjidi singari t
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh