Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan shakllantirilgan investisiya loyihalari ularning salohiyati va imkoniyatlariga mos emasligini ko‘rsatib o‘tdi


So‘nggi ikki oyda sanoati past rivojlangan 60 ta tumanga konsalting kompaniyalari jalb qilinib, loyiha guruhlari bilan birga 6,5 milliard dollarlik 2 mingdan ziyod istiqbolli loyihalar ishlab chiqildi.
Misol uchun, Paxtachi tumanida o‘tgan olti oyda bor-yo‘g‘i 5 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jalb qilingan. Vaholanki, konsalting kompaniya ikki oyda 165 million dollarlik 40 dan ziyod loyihalarni tuman hokimiga taqdim qildi.
“Barcha hokimlar bir masalani eshitib olsin. Toki hokim har bir loyihani ichiga kirib, o‘zi investisiya bilan shug‘ullanmasa, ahvol o‘zgarmaydi”, - dedi davlat rahbari.
Investisiya, tashqi savdo va sanoat vazirligiga yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda hamda tarmoqlarda 30 milliard dollarlik yangi investisiya loyihalarini ishlab chiqish topshirildi.
Buning uchun barcha tuman va shaharlardagi loyiha guruhlari konsalting kompaniyalari bilan birga “izlanish – ishlab chiqish – amalga oshirish” tamoyili asosida yangi loyihalarni shakllantiradi. Bu maqsadlarga 15 million dollar yo‘naltiriladi.
Ishlab chiqilgan loyihalarni xorijiy investorlarga taqdimot qilish uchun yil yakuniga qadar har bir viloyatda hududiy investisiya forumi o‘tkaziladi.
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si
Xalqaro qidiruvdan 12-yil yashiringan ayol Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilindi
Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan R.N. xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yoʻlida odam savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.'Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar koʻrgan fuqarolarda
Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et