Odatda jurnalistlar haqida gap borsa, "Qalami o'tkir, fikri teran, dunyoqarash keng" kabi iboralarni ishlatamiz. Ammo ularning sport bellashuvlaridagi ishtiroki, mahorati haqida ko'p gapirmaymiz.
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bahonasida Samarqand shahrida o'tkazilgan bir qator sport musobaqalari ularning bu boradagi mahoratlari haqida gapirish imkonini berdi. "Zarafshon" gazetasining 110, "Samarkandskiy vestnik" gazetasining 105 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqalarning badminton, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari tafsiloti, natijalari, jurnalistlar imkoniyati haqida kecha to'xtalib o'tgan edik.
Bugun esa jurnalistlar, axborot xizmatlari rahbarlari va blogerlar bouling va karting sport turlarida o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi. Samarqand shahridagi "Family park" savdo majmuasi (Muz saroyi)da tashkil etilgan musobaqada ularning nechog'li aniq harakat qilishi, avtoulovni mahorat bilan boshqarishi, tezkor, chaqqon va epchilligi sinovdan o'tkazildi.
Natijada murosasiz kechgan musobaqada quyidagi jurnalist va ijodkorlar g'olib bo'lishdi:
KARTING
Birinchi o'rin – Bahriddin Xonkeldiyev, Samarqand tumani hokimligi axborot xizmati rahbari |
Ikkinchi o'rin – Abdushukur Ismoilzoda, "Samarqand" gazetasi xodimi |
Uchinchi o'rin – Furqat Narzullayev, viloyat teleradiokompaniyasi xodimi |
BOULING
Jamoaviy
Birinchi o'rin – respublika OAVning vakillari-internet jurnalistlar jamoasidan ishtirokchilar |
||
1 |
Farhod Norbo'tayev |
https://t.me/Samarqand_live kanali adminstratori |
2 |
Bobur Mamadiyorov |
bloger |
3 |
G'olib Hasanov |
O'zA viloyat muxbiri |
4 |
Shavkat Ahatov |
viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi |
Ikkinchi o'rin - viloyat teleradiokompaniyasi jamoasidan ishtirokchilar |
||
1 |
Muhiddin Ergashev |
viloyat teleradiokompaniyasi |
2 |
Abduhamid Jalilov |
viloyat teleradiokompaniyasi |
3 |
Furqat Narzullayev |
viloyat teleradiokompaniyasi |
4 |
Azamat Husanov |
viloyat teleradiokompaniyasi |
Uchinchi o'rin - axborot xizmati xodimlari jamoasidan ishtirokchilar |
||
1 |
Sherali Iskandarov |
viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati rahbari |
2 |
Do'stbek Sulaymonov |
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari |
3 |
Sadriddin Nabiyev |
viloyat sudi axborot xizmati rahbari |
Los-Anjeles — 2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar kiritildi
Amerikaliklar avvalgi O'yinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning o'rniga qirg'oqbo'yida kechadigan yo'nalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.To'liq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).Sohilbo'yi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.
Boks afsonasi 76 yoshda vafot etdi
Boks olamidagi afsona, Olimpiada chempioni va jahon rekordchisi Jorj Forman 76 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Uning vafoti 2025-yil 21-mart kuni yaqinlari ishtirokida roʻy bergani oila aʼzolari tomonidan maʼlum qilindi. Rasmiy bayonotda uning oʻlimi qarilik bilan bogʻlanmoqda. 'Qalbimiz chirparchin. Jorj oddiy, sevimli oila boshligʻi, buyuk inson edi', deyiladi Formanlar oilasi murojaatida.Jorj Formanning sportdagi yoʻli buyuk muvaffaqiyatlarga boy. U 1968-yil Mexikoda oʻtgan Olimpiya oʻ
Yunon-rum kurashi: medallar bor, biroq bu yetarli emas
Musobaqaning so'nggi ikki kunida erkin kurash bahslari bo'lib o'tdi. Afsuski, bu galgi Osiyo chempionati ushbu yo'nalishdagi sportchilarimiz uchun omadsiz tugadi.Shu tariqa, musobaqada yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, qizlarimiz esa 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el