calendar 24 Jun 06:21
eye 63
comments 0
comments Manba: xs

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar toʻlanadi.

Bunda:

— bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

— boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanadi.

Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
30
0
xs.uz

Kitob tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB'xabar berdi.Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimiyatida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov jinoyatlarni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.Yigʻilishda tashkil

18 Apr 11:07
 
22
0
xs.uz

Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi

Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, 'Temirchi Maskan' MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezk

20 Mar 12:53
 
59
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

24 Mar 13:25
 
40
0
xs.uz

Maktab muammosiga homiylik yoʻli bilan yechim topildi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro tumanidagi sport zaliga ega boʻlmagan umumtaʼlim maktablari soni bittaga qisqardi. Navroʻz ayyomi kunlarida Arabxona mahallasida joylashgan 19-sonli maktabda zamonaviy sport inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi 'AKSA Enerji Bukhara' xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik