calendar 07 Jun 12:21
eye 99
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Qatar davlati Adliya vazirligi oʻrtasida 2023 — 2025-yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi

image

Фото: Президент Матбуот хизмати

Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning 5-iyun kuni mamlakatimizga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida huquqiy sohada hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim”ni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Qatar Davlati Adliya vazirligi oʻrtasida 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Hamkorlik dasturida ikki davlat vazirliklarining asosiy vazifalaridan kelib chiqib tegishli sohalarda hamkorlikni jadallashtirish, ularni amaliy va natijador tadbirlar bilan boyitish nazarda tutilgan.

Dastur doirasida ikki davlatda adliya tizimi samaradorligi uchun joriy qilinayotgan innovatsion yondashuvlar, norma ijodkorligi, tajriba almashish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yuridik xizmat koʻrsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish hamda adliya tizimini raqamlashtirish boʻyicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, ilgʻor tajribalar bilan almashish maqsadida hamkorlikda tadbirlar, xususan, konferensiyalar, seminarlar, treninglar tashkil etish va oʻtkazish, bir-birlarining xalqaro tadbirlarida ishtirok etish hamda qoʻshma tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish nazarda tutilgan.

Ushbu Hamkorlik dasturining imzolanishi koʻp qirrali Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining adliya va huquq sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland