“Onaizor faryodi Arshni kuydirgusidur” yoki bandini zindondan ozod etgan xattot haqida eshitganmisiz?


Foto: “Xalq soʻzi”
Rivoyatlardan birida aytilishicha, Buxoro hukmdori oilada yakka-yolgʻiz farzand boʻlgan bir yigitni arzimas gunoh sabab zindonga tashlaydi. ”Qaysi bir mirzo shu bandini ozod etish uchun ariza yozib bersa, qoʻli kesiladi”, deya amr-u farmon ham beradi.
Mahbusning onaizori uchramagan mirzo qolmaydi. Hamma hukmdordan qoʻrqqanidan unga rad javobi beradi. Shoʻrlik onaning soʻnggi umidi xattot Domlo Bobobek edi. Shu xattotning huzuriga iltijo qilib boradi. Voqeadan xabar topgan xattotning yaqinlari, shogirdlari “Bu ayolga arznoma yozib bermang, aks holda hukmdor qoʻllaringizni chopib tashlashga buyruq beradi”, deb uning hayotidan xavotirga tushadilar.
Ammo Domlo Bobobek qatʼiyatli, toʻgʻrisoʻz, mard inson edi. Onaizorning toshni ham eritib yuboradigan nolalarini tinglar ekan, darhol qoʻliga qalamni oladi. Arznoma yozib beradi. Xat hukmdorning qoʻliga yetib boradi.
Husnixatning juda chiroyliligi, oʻziga ohanrabodek tortishidan hayratlangan hukmdor beixtiyor “Ie, bu maktub Domlo Bobobek hazratlariniki –ku!” deb yuboradi. Arznomadagi “Saharda onaizorning nolasidan oʻzingni xalos et, Onaizor faryodi arshni kuydirgusidur,” degan dastlabki satrlar hukmdorni shashtidan tushiradi. Yigitni zindondan ozod etadi.
—Bu bir rivoyat, lekin har bir rivoyat zamirida haqiqat yotadi,— deya mulohaza yuritadi buxorolik taniqli xattot Abdugʻafur Razzoq Buxoriy.— Tarixda oʻlimga hukm qilingan bandi xattotning chiroyli, jozibador, mazmunli xati bois ozod qilingan hollar uchragan. Domlo Bobobekka kelsak, u oʻz davrida mashhur xattot boʻlib yetishgan, oʻnlab shogirdlar tayyorlagan.
Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi, xattotlik va kitobat sanʼati bilimdoni Husen Joʻrayevning yozishicha, Domlo Bobobek taxminan 1741-yilda tugʻilgan. Otasidan adras toʻqishni oʻrgangan. Oʻz davrining mashhur kishilaridan xattotlik, musavvirlik, Sharq miniatyurasi sanʼati sir-asrorlari boʻyicha saboq olgan. Koʻplab mirzo, kotib yoki xattotlar kabi hukmdor saroyida yoki amir kutubxonasida ishlamagan. Butun umrini adrasboflik hunari, musavvirlik va xattotlikka bagʻishlagan. Ulugʻ ajdodlarimizdan biri, qomusiy bilimlar sohibi Ahmad Donish ham uning shogirdlaridan biri sanaladi. Arabiy yozuv-nastaʼliq xatini sanʼat darajasiga koʻtargan Domlo Bobobek aytishlaricha, 120-yil umr koʻrgan.
Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”).
Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi
Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan 'Damas' rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.'Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq', deydi haydovchilardan biri.Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.Shuningdek, bu holatlarga
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi
19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala
CEFR imtihoni natijalari eʼlon qilindi
2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman eʼlon qilindi. Bu haqda 'Bilim va malakalarni baholash agentligi' xabar bermoqda.Qayd etish kerakki, ushbu test sinovi orqali talabgorlarning xorijiy til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Natijalar my.gov.uz portalida joylashtirilgan boʻlib, har bir ishtirokchi 'Mening arizalarim' boʻlimi orqali oʻz natijalari bilan tanishishi mumkin.Test sinovidan muvaffaqiyatli
Andijonda “Equinox” va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi
Andijon shahrida 'Equinox', tez yordam mashinasi va 'Damas' rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar bergan.Qayd etilishicha, hodisa kecha 12-may kuni soat 15:10 larda Andijon shahri Yusuf Otabekov, Mustaqillik va Bobur shohkoʻchalari kesishgan 'Klinika' chorrahasida yuz bergan. 40 yoshli X.G. 'Equinox' rusumli avtomashinasida Yusuf Otabekov koʻchasidan harakatlanib kelayotgan 'Wolsvagen' rusumli tez yo