calendar 07 Jun 09:21
eye 54
comments 0
comments Manba: xs

Advokatlik tuzilmasi yangidan tashkil etilganda advokatlik guvohnomasini olish uchun murojaat qilish talab etilmaydi

image

Advokatga guvohnoma avtomatik tarzda kompozit xizmat koʻrsatish yoʻli bilan beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 226-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi bilan advokatlik guvohnomalarining QR-kod qoʻyilgan ID-karta shaklidagi yangi namunasi tasdiqlandi.

QR-kodni skanerlash orqali advokatning advokatlik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi, advokat maqomi, advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, advokatning ixtisosligi, lisenziya raqami va berilgan sanasi aniqlanadi.

Bunda advokatning ixtisosligi va faoliyat yuritadigan tuzilmasi oʻzgarganda guvohnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva advokatura sohasidagi oʻzgarishlar mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi:

— Bugungi kunda respublikada 4979 nafar advokatlar, 2554 ta advokatlik tuzilmalari mavjud.

2022-yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan advokaturani raqamlashtirishga oid asosiy vazifalar belgilab olindi.

Unga koʻra:

— advokatlik faoliyati uchun litsenziyalar elektron shaklda maxsus QR-kod qoʻyilgan holda inson omilisiz berilishi belgilandi;

— talabgorlarga advokat maqomini olish boʻyicha malaka imtihoniga hujjat topshirishning elektron tartibi yoʻlga qoʻyildi, talabgorga imtihon oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida elektron shaklda, shuningdek “SMS” xabaronoma yordamida maʼlum qilinadi;

— advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “yagona darcha” tamoyili asosida faqat elektron tarzda amalga oshiriladi;

— advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, advokatlik guvohnomasini olish boʻyicha kompozit xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Yaʼni, talabgor bir marta ariza berib, ushbu barcha xizmatlardan ketma-ket ravishda foydalanishi mumkin boʻladi. Har bir murojaat uchun alohida vakolatli organlarga tashrif buyurishi, takroran ariza berishi talab etilmaydi;

— 2023-yil 1-yanvardan fuqarolarga yuridik yordam koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushirildi;

“Yuridik yordam” axborot tizimida:

— advokatlar elektron reyestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabineti shakllantirildi;

— advokatlik orderini maxsus QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyildi;

— orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilindi;

— advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etildi;

— advokatlik tuzilmalaridan statistik maʼlumotlarni anʼanaviy shaklda yigʻish bekor qilinib, statistik maʼlumotlar avtomatik ravishda umumlashtiriladi.

Shu bilan birga, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonun Senat tomonidan maʼqullandi. Ushbu Qonunga koʻra, davlat hisobidan yuridik yordam jinoyat ishlari bilan bir qatorda, fuqarolik, maʼmuriy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ham koʻrsatilishi, davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz, elektron tartibda tasodifiy tanlash yoʻli bilan aniqlanishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, advokatlarning dalillarni toʻplash va sud protsessidagi vakolatlari kengaytirilib, advokatlarga ekspertiza tayinlash va ekspert xulosasini sud materiallariga qoʻshib qoʻyilishini soʻrash huquqi berildi.

Shu bilan birga, 2023-yil 1-iyunda Vazirlar Maxkamasining 226-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom bilan advokatlik guvohnomalarining QR-kod qoʻyilgan ID-karta shaklidagi yangi namunasi tasdiqlandi.

QR-kodni skanerlash orqali advokatning advokatlik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi, advokat maqomi, advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, advokatning ixtisosligi, litsenziya raqami va berilgan sanasi aniqlanadi.

Bunda advokatning ixtisosligi va faoliyat yuritadigan tuzilmasi oʻzgarganda guvohnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.

Shuningdek, advokatlik guvohnomasini olish uchun faqatgina elektron murojaat qilishning oʻzi kifoya qiladi (talabgordan ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi).

Nizomda advokatlar uchun quyidagi yengilliklar nazarda tutilmoqda:

— advokatlik guvohnomasini olish uchun elektron shaklda murojaat qilinadi;

— agarda advokat advokatlik tuzilmasini yangi tashkil etgan boʻlsa, advokatlik guvohnomasini olish uchun murojaat qilishi talab etilmaydi. Unga guvohnoma avtomatik tarzda kompozit xizmat koʻrsatish yoʻli bilan beriladi;

— advokatlik guvohnomasini guvohnoma beruvchi organga bormasdan turib olish mumkin boʻladi;

Bunda advokatlik guvohnomasi advokatning xohishiga koʻra advokatlik tuzilmasining manziliga kuryerlik xizmati orqali yuboriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
31
0
xs.uz

Turkiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu davlatda boʻlib turgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi oʻzbek bolalariga moʻljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻrgatilishi eʼlon qilingan.Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzan

10 Oct 10:49
 
17
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham

20 Sep 00:21
 
25
0
xs.uz

Norin GESlar kaskadi milliy brend ostida barpo etilmoqda

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda oqar suv kuchidan foydalanish sohadagi anʼanaviy usul va hozirgi kunda uning ahamiyati yanada kuchaygan. Namanganda ayni maqsadda foydalansa boʻladigan obi-hayot manbalari anchagina. Bundan uch yil avval Katta Fargʻona kanalining Uchqoʻrgʻon tumanidan oqib oʻtadigan qismida dastlabki kichik gidroelektrostansiya kaskadlari ishga tushirilgan edi. Ularning umumiy quvvati 12 megavattga teng boʻlib, hozirgi vaqtda 48 mi

24 Aug 17:26
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi

Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi qarorini qabul qildilar.Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:Tashrif doirasida Toshkent va Boku, Shahrisabz va Baylagan, Jizzax va Guba shah