calendar 06 Jun 14:20
eye 25
comments 0
comments Manba: xs

Prezident Samarqanddagi zamonaviy massiv loyihasi bilan tanishdi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida “Shirin” massivining master rejasi taqdimoti bilan tanishdi.

Bu mahalla xalqaro aeroport yaqinida, Zarafshon daryosi boʻyida joylashgan. Soʻnggi yillarda Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlikka munosib tarzda ushbu hududda zamonaviy massiv qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 389 gektar yer ajratilgan.

Loyihaga koʻra, massivda koʻp qavatli uylar, maktab va bolalar bogʻchalari, poliklinikalar, sport maydonlari va koʻngilochar maskanlar boʻladi. Yirik biznes va savdo majmualari iqtisodiyot rivojiga, ish oʻrinlari koʻpayishiga qoʻshimcha impuls beradi. Massivni shahar bilan bogʻlovchi koʻprik va yoʻllar,  infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari barpo etiladi.

Davlatimiz rahbari loyihani ilgʻor shaharsozlik tajribasi asosida takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 May 16:47
 
54
0
qalampir.uz

Xorazmda o‘qituvchi dars paytida 2 o‘quvchini kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda maktab o‘qituvchisi 2 nafar o‘quvchini dars xonasida kaltaklagani tasvirlangan videolavha tarqaldi.  Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati munosabat bildirdi. Bildirilishicha, voqea kecha, 23 may kuni Tuproqqal’a tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 6-sinf o‘quvchilariga geografiya fani dars mashg‘uloti o‘tkazilayotgan paytda sodir bo‘lgan. Videoda o‘qituvchi dars davom

25 Jun 13:14
 
30
0
qalampir.uz

Mo‘g‘uliston Prezidenti Xorazmga jo‘nab ketdi

Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda UzA xabar berdi. Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.   Tashrif dasturiga ko