Qashqadaryoda 13 yoshli qizni zoʻrlagan erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi


Bugun, 2023-yil 6-iyun kuni jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudida sudlanuvchi K. T. (1971-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, Chiroqchi tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari boʻlib ishlagan, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudining raisi A. Tashev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Sud hukmiga koʻra K. T. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va eski tahrirdagi (2023-yil 11-aprelga qadar amalda boʻlgan) 129-moddasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hayʼatiga shikoyat berishi yoki protest keltirishi mumkinligi maʼlum qilinadi.
Izoh: Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalari talablariga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik hamda oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilmaydi.
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland