Inson sogʻligʻi va hayotiga xavf soluvchi tovarlarni ishlab chiqarish va sotganlik uchun uchun jazo choralari yanada kuchaytirilmoqda


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarning muomalasiga chek qoʻyishga qaratilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilinmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan inson hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarganlik va muomalaga kiritganlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi taklif etilmoqda. Xususan, inson sogʻligʻi va hayotiga xavf soluvchi tovarlarni ishlab chiqarish va sotganlik uchun uchun jazo choralari yanada kuchaytirilmoqda.
Shuningdek, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi nazarda tutilmoqda.
Qayd etilganidek, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlari tomonidan sanitariya normalari va gigiyena qoidalariga rioya etilmaslik inson sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatishga sabab boʻlishi mumkin. Mazkur qonun loyihasida sanitariya va veterinariya qonunchiligini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun jazo chorasi ogʻirlashtirilyapti.
Bundan tashqari, tadbirkorning tovar brendidan noqonuniy foydalangan holda, mahsulot ishlab chiqarib, realizatsiya qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kuchaytirilib, tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshirishlar tartibi aniq belgilab berilmoqda.
Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarning muomalasiga chek qoʻyish hamda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholi salomatligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Majlisda deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirilib, qonun loyihasi qabul qilindi.
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel
Oʻzbekiston TIV vakillari Isroil va Eron elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Isroil hamda Eron davlatlarining elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, uchrashuv davomida ikki davlat elchilari bilan mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashilgan.Suhbat davomida Eron elchisi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logisti
Oyoq ostidagi neʼmat
Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m
Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali gaplashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda bir-birini va doʻst xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqo