Taʼmirlash ishlari tufayli Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi


Bugun, 6-iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00ga qadar vaqtincha oʻchirildi.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Bektemir tumanining “Iyk ota” MFYning Orasta, Taraqqiyot, Mevazor, Fazilat, Muborak hamda Zartuproq koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Uchtepa tumanining “Katta qani” MFYning N.Saidov va O.Zoyitov tor koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Yashnobod tumanining Mirzo Ulugʻbek va 10-, 11- va 12-sonli koʻp qavatli aholi yashash xonadonlarida;
Mirzo Ulugʻbek tumanining Moʻminova va Sayram koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Yakkasaroy tumanining Kichik Beshyogʻoch, Andijon va Shamsi Kulol koʻchalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchirildi.
Isteʼmolchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyali uzilishlarni oldini olish va Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
Termizda tibbiyot klasteri tashkil etiladi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Termiz shahrida Oʻzbekiston ' Hindiston qoʻshma korxonasi 'NOVA PHARM' bosh direktori Satvinder Singx hamda uning hamkorlari Vikas Panvar va Namrita Singx mehmon boʻlib turibdi.Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning mehmonlar bilan uchrashuvida farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Mehmonlar viloyat markazida universitet va zamonaviy klinikalarni oʻz ichiga olgan tibbiyot klasteri
“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo
Erkalatsa otasi, boshga chiqar bolasi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Farzandini suymagan inson yoʻq. Biroq uni haddan ziyod erkalatishning foydasidan zarari koʻproq. Buni yaqinla Namanganda 16 yoshli qizning avtomashina ruliga oʻtirishi oqibatida roʻy bergan fojia yana bir bor tasdiqladi.Gap shundaki, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 'Spark' rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yoʻq qiziga ishonib topshiradi. Rulga qizi yonidagi old oʻrindiqqa esa oʻzi oʻtiradi. Bu paytda or
Oʻzbekiston Fransiyadan 14 ta yangi “Airbus” samolyotini xarid qiladi
Bu borada elchilarimiz ishtirokida boshqa davlatlarda ham targʻibot ishlarini faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.Masalan, Xitoyning eng olis provinsiyalari, Gonkongdan ham sayyohlar kelishni boshladi. Yoki, Polshaga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani uchun ushbu mamlakatdan sayyohlar 7 karra oshdi, butun Sharqiy Yevropadan turist olib kelish imkoni paydo boʻldi.Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy 'Airbus' samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishildi, 'Boei