Quyosh urishidan saqlanish uchun bir nechta qoidalarga rioya etish zarur

Havo keskin isib bormoqda. Bunday ob-havo, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga og'ir taʻsir qiladi.
Hatto sog'lom odamlar ham baʻzi bir qoidalarga rioya etishlariga to'g'ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to'g'ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo'ladi, lekin issiq taʻsir qilgandan so'ng 6-8 soat o'tib ham boshlanishi mumkin.
Quyosh urishidan saqlanish uchun bir nechta qoidalarga rioya etish zarur:
- Iloji boricha soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo'lmang.
- Tabiiy matolar (paxta, kanop kabi) dan tayyorlangan kiyim kiying.
- Albatta yengil, yorqin rangli bosh kiyim kiying. Ko'zingizga quyoshdan himoyalovchi ko'zoynak taqing.
- Suv ichish rejimiga amal qiling. Tartibsiz ko'p miqdorda suv ichish faqat chanqoqni yaxshi bosmaydi, lekin yurakni zo'riqtiradi. Yaxshisi, achchiqroq damlangan choy, kvas, har xil sharbatlar, mineral suv iching. Uydan chiqishingizda o'zingiz bilan olvoling.
- Quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalaning.
- Quyoshda bo'lib qaytganingizdan so'ng, dush qabul qiling yoki ho'l sochiq bilan artining.
- Och qoringa yoki ovqat yeganingizdan so'ng darhol quyosh ostida bo'lmang.
Quyosh urishi yoki issiq urishi belgilari:
- darmonsizlik, charchoq, bosh og'rig'i va chanqash kuzatiladi;
- bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, butun tanada og'riq bo'lib, puls va nafas tezlashadi. Ayrim paytlarda ko'ngil aynishi va qusish kuzatilishi mumkin. Terlash kuchayadi, burundan qon ketishi mumkin.
- yurak-qon tomir faoliyati va nafas olish keskin buziladi, hushini yo'qotishi mumkin.
- ayrim paytlarda tutqanoq tutishi, alahsirash, gallyusinasiya kuzatilishi mumkin.
- quyosh urishining og'ir shaklida ter ajralishi to'xtaydi, agarda bemorga tibbiy yordam ko'rsatilmasa, nafas va yurak to'xtashi mumkin.
- quyosh yoki issiq urganda birinchi tibbiy yordam.
Birinchi tibbiy yordamni to'g'ri ko'rsatish inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Asosiysi, kishi o'zini yo'qotmasdan hammasini to'g'ri va tez bajarish zarur.
- bemorni salqin joyga o'tkazish, chalqancha yotqizish, boshini salgina ko'tarib qo'yish, kiyimlarini yechish, butunlay tinch muhit yaratish va toza havo kelishini taʻminlash;
- agar bemor hushida bo'lsa achchiq choy yoki sovuq suv ichirish, (yaxshisi, suvga 0,5 litrga 0,5 choy qoshiqda tuz qo'shish);
- boshini sovuq suv bilan ho'llash yoki boshiga nam sochiq qo'yish;
- og'ir holatlarda bemorni hullangan choyshab bilan o'rab qo'yish yoki ustidan sovuq suv quyib turish mumkin, lekin ehtiyot bo'lish kerak (tana harorati 30 gradusdan tushib ketmasligi kerak). Agar iloji bo'lsa qon tomirlari ko'p bo'lgan qo'ltiq osti, chov va tizza orqasiga muz yoki sovuq suv to'ldirilgan baklashka qo'yish kerak;
- quyosh yoki issiq urgan bemorlarni yaqin o'rtadagi davolash muassasasiga olib borish, og'ir hollarda esa zudlik bilan tez yordam brigadasini chaqirish zarur.
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda
Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)