Uyali aloqa virtual operatorlari hamda tele- va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyozlar beriladi


Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Senatning qirq birinchi yalpi majlisida “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) faoliyatini kengaytirish maqsadida ular tomonidan radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishi natijasida undiriladigan davlat boji miqdorlari kamaytirilmoqda.
Ushbu sohada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilab qo‘yilmoqda.
Shu bilan birga, agar uyali aloqa virtual operatori tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini to‘lash davridan oldingi moliya yilida ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshgan taqdirda, ushbu uyali aloqa virtual operatori daromadining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat boji to‘lanishi belgilanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda respublikamizda o‘z telekommunikatsiya tarmog‘iga ega 5 ta mobil aloqa bazaviy operatori xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Radiochastota resursiga ega bo‘lmagan 1 ta virtual mobil aloqa operatori mavjud.
Senatorlarning ta’kidlashicha, Qonunning qabul qilinishi natijasida uyali aloqa virtual operatorlari faoliyatini kengaytirishga va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun adolatli raqobat muhiti yaratishga erishiladi.
Tahlillarga ko‘ra, hududlardagi xususiy telekanal va radiokanallar o‘z teleradio dasturlarini efirga uzatish hamda moddiy-texnik bazalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashda ayrim moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Shu bois Qonun bilan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirganlik, qurganlik, ulardan foydalanganlik va ularning xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari 50 foizga kamaytirilmoqda.
Bunda tele- va radiokanallarning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga, ya’ni 4,1 mlrd so‘mga yaqin pul mablag‘larini xususiy teleradioeshittirish subyektlari faoliyatini rivojlantirishga erishiladi.
Qonun bilan davlat bojini undirishda yana bir qo‘shimcha imtiyoz berilib, unga ko‘ra, yillik undiriladigan davlat bojining miqdori teng ravishda yilning har choragida bo‘lingan holda to‘lash mexanizmi yaratilmoqda.
Senatorlar ushbu Qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlariga yengillik berish bilan birga, xususiy teleradiokanallar tashkil etilishiga va teledasturlarni sifatli kontentlar bilan to‘ldirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.
Qizg‘in muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl
Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda
AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su
AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi
Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres
Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi
Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk