Notoʻgʻri tanlangan poyabzal ayrim kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin


Poyabzal xarid qilishda koʻpchilik uni kundalik ehtiyojimiz uchun zarur vosita ekanligiga yetarlicha ahamiyat qaratmaydi. Oqibatda jimjimador va jozibador oyoq kiyim ishqibozlari orasida travmatologik va ortopedik kasalliklar avj olishi kuzatilyapti.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov notoʻgʻri tanlangan poyabzallar qanday kasalliklarga sabab boʻlishini soʻzlab berdi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, poyabzal tanlash — nozik va oʻta masʼuliyatli jarayon. Chunki oyoqlar tanamizning eng muhim aʼzolaridan. Ularning haddan ziyod zoʻriqishi, jarohatlanishi, lat yeyishi va deformatsiyasi turli ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Yanada aniqroq aytsak, inson oyoqlari murakkab anatomik tuzilishga ega. Uning bir panjasi 26 ta suyak va koʻplab boʻgʻimlardan tarkib topgan. Notoʻgʻri tanlangan poyabzal ana shu suyak va boʻgʻimlar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, bora-bora ularning deformatsiyalanishiga olib keladi”, - deydi Irismetov.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda Yer yuzida yashovchi katta yoshli aholining 80 foizgacha qismi oyoqlar salomatligi bilan bogʻliq turli muammolardan aziyat chekib keladi. Bu yuqorida sanalgan omil bilan ham chambarchas bogʻliq.
Irismetovning taʼkidlashicha, poshnasiz, yaʼni tekis taglikli oyoq kiyimlardan uzoq vaqt foydalanish yaramaydi. Bu yassioyoqlik, plantar fassiitni keltirib chiqarishi mumkin.
Baland poshnali poyabzal ham maqbul tanlov emas. Uni kiygach, tana vazni oyoq yuzasiga notekis taqsimlanadi. Oqibatda ogʻirlik markazi oldinga siljib, bunday yuk uchun moʻljallanmagan metatarsal suyaklar va oʻsha qismdagi boʻgʻimlar zararlanadi. Bu holat mayda yoriqlar paydo boʻlishi, boʻgʻimlar yalligʻlanishi hamda nerv tomirlarining siqilishiga olib keladi. Bundan tashqari, yassioyoqlik va barmoqlar deformatsiyasi shakllanadi.
Tor poyabzal kiyish ham salomatlik uchun ziyon. Oyoqlarda qon aylanishi buziladi. Tirnoqlar ingichka va moʻrt boʻlib teri ichiga oʻsadi. Bu esa zamburugʻli kasalliklar uchun qulay “nishon”. Qolaversa, qon yaxshi aylanmasligi hisobiga shish va koʻkarish, tromboflebit hamda varikoz tomirlari kengayishi yuzaga keladi.
Sunʼiy charm va matodan ishlangan oyoq kiyimlar esa namlik va issiqlik almashinuvini izdan chiqarib, allergik reaksiyalarni paydo qilishi ehtimoli katta.
“Qattiq taglikka ega poyabzallar amortizatsiya xususiyatiga ega emas. Oqibatda umurtqa pogʻonasi zoʻriqib, intervertebral disklarning patologiyasi, radikulit kasalligi rivojlanishi xavfi oshadi.
Yupqa taglikli poyabzallardan uzoq muddat foydalanish ham oyoqlar yassiligi, tovonlar yorilishi, bel churrasi va artrozga olib kelishi mumkin”, - deya xulosa qildi mutaxassis.
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland