Toshkent shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar D.O. va D.Y. jami 22 dona “Tropikamid” hamda “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 100 AQSH dollari va 2,4 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, D.O.ning xonadonidan 65 dona “Selofen” va 44 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Prezident shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi
Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egallab, oʻzbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Gʻoyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarba
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryoda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Xorijlik mutaxassislar mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha toʻplangan tajribani yuqori baholamoqda.Joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga oʻtkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga kelgan YEXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat S
Buxoroda ikki maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qamaldi
Buxoro viloyatida yoʻl harakati qoidalarini buzib YTH sodir etgan va ikki nafar maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan avtobus haydovchisiga hukm oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov'maʼlum qildi.Bildirilishicha, mazkur YTH joriy yilning 18-mart kuni Kogon tumanida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida tumandagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar oʻquvchisi halok boʻlgan. Boshqalari turli darajada tan jarohatlari olgan.Oʻshanda bir nechta avtobus bola