calendar 26 May 14:28
eye 70
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston Prezidenti “Air Products” kompaniyasi tomonidan yuqori texnologik loyihalar amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatladi

image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni “Air Products” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi.

Oʻzbekiston iqtisodiyotining strategik tarmoqlarida yuqori texnologik loyihalarni ilgari surishda AQSHning oʻz yoʻnalishida global yetakchi boʻlgan ushbu kompaniyasi bilan  amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari kompaniya rahbarini 1 milliard dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilgan holda Qashqadaryo viloyatidagi “GTL” zavodining uchta sanoat gaz uskunasini xarid qilish boʻyicha kelishuv muvaffaqiyatli yakunlangani va tegishli bitim imzolangani bilan tabrikladi.

 “Air Products” yana bir yirik loyihada – kamida 700 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilgan holda Buxoro viloyatida MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etayotgani qayd etildi.

Mamlakatimizda “yashil” vodorod sohasini rivojlantirish boʻyicha yana bir asosiy hamkor - Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi ishtirok etayotgan istiqbolli loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhimligi alohida taʼkidlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
34
0
xs.uz

Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh

04 Jun 02:44
 
38
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga

04 Jun 02:44
 
35
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan

08 Jun 02:26
 
32
0
xs.uz

2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berildi

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil yanvar aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayt etilgan.Poytaxtda yanvar-aprel oylarida 8 milliard dollarlik tashqi savdo aylanmasi kuzatilgan.Respublikamizning boshqa hududlaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi quyid