calendar 25 May 17:20
eye 85
comments 0
comments Manba: xs

“Air Products” kompaniyasi “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi sanoat majmuasiga 1 milliard dollarlik sarmoya kiritmoqda

image

2023-yilning 25-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, “Air Products” va “Oʻzbekneftgaz” AJ oʻrtasida shartnoma imzolandi.

Shartnomada “Air Products” kompaniyasi tomonidan 1 milliard dollarlik investitsiya evaziga Qashqadaryo viloyatida barpo etilgan “Uzbekistan GTL” zavodga tabiiy gazni qayta ishlash qurilmasini sotib olish va ishlatish nazarda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yil 25-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaruvchi – “Uzbekistan GTL” majmuasi ishga tushirilgan edi. Ushbu majmua dunyoda beshinchi hisoblanadi. Bunga qadar Qatar, Nigeriya, Janubiy Afrika va Malayziyada ham shunday yirik majmualar qurilgan.

“Oʻsish surʼati yuqori boʻlgan mamlakat – Oʻzbekistonda davlat koʻmagi bilan ushbu strategik hamkorlik orqali eng ilgʻor texnologiyalar va bilimlarimizni qoʻllash imkoniyatiga ega boʻlamiz. Bu shartnoma “Oʻzbekneftgaz” AJga yuqori sifatli arzon yoqilgʻi ishlab chiqarish imkonini beradi. Biz ushbu uzoq muddatli va barqaror sheriklikni rivojlantirishni kutmoqdamiz, shuningdek, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorliklarni rivojlantirish imkoniyatlaridan mamnunmiz”, deb taʼkidladi “Air Products” kompaniyasining Direktorlar kengashi raisi, prezidenti va bosh direktori Seyfi Gasemi.

Shuningdek, “Air Products” kompaniyaning tajribasidan foydalanish orqali “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, zararli chiqindilarni kamaytirishga erishiladi.

Maʼlumot uchun qayd etish joizki, “Air Products” kompaniyasi dunyodagi yetakchi sanoat gazi ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanib, jahon bozorida 80 yildan ziyod vaqt davomida faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning asosiy faoliyati – atmosfera va texnologik gazlarni ishlab chiqarish va turli tarmoqlar, jumladan, neftni qayta ishlash va neft kimyosi uchun tegishli asbob-uskunalar ishlab chiqarishdan iborat.

Bundan tashqari, “Air Products” suyultirilgan gaz ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalarini yetkazib berish boʻyicha jahonda yetakchi hisoblanadi, shuningdek, butun dunyo boʻylab turbo mashinalar, membrana tizimlari va kriogen konteynerlarni yetkazib beradi.

Kompaniya 2022-yilda 50 dan ortiq mamlakatlarda 12,7 mlrd dollarlik sotuvlarni amalga oshirdi va joriy bozor kapitallashuvi taxminan 60 mlrd dollarni tashkil etdi. “Air Products” kompaniyasining maqsadi – atrof-muhitga foyda keltiradigan innovatsion yechimlarni yaratish, barqaror rivojlanish uchun ishlash, mijozlar, hamjamiyat va dunyo oldida turgan muammolarni hal qilish imkoniyatlarini qayta koʻrib chiqishga qaratilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
67
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y

04 Apr 16:18
 
50
0
xs.uz

Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.O'zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdilar.Samarqanddagi 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo'ldi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

16 Apr 09:11
 
27
0
xs.uz

Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?

2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh