calendar 25 May 16:21
eye 57
comments 0
comments Manba: xs

“Karyera kuni” - talaba-yoshlar uchun imkoniyat

image

Shahrisabz Davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Joriy yilda mazkur institutni 280 nafar bakalavr hamda 152 nafar magistr bosqichidagi bitiruvchilar tamomlamoqda. “Karyera kuni” tadbirida viloyatdagi 14 ta tuman hamda 2 ta shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mas’ullari ushbu bitiruvchilar bilan uchrashib, o‘zaro muloqot o‘tkazdi. Bo‘lg‘usi pedagoglarga viloyatdagi bog‘cha va maktablarda mavjud bo‘lgan 1100 dan ortiq vakant ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi. 

- Yakunda 137 nafar bitiruvchilarimiz o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tegishli vakant lavozimlarda ishlashga rasman taklif qilindi, - deydi institutning axborot xizmati rahbari Charos Hamrayeva. - Shu bilan birga, 204 nafar bitiruvchilar bilan o‘quv amaliyoti o‘tash hamda kelgusida ishga joylashish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalarni imzolandi. 

Tadbirda institut rahbariyati hamda ish beruvchilar o‘rtasida talaba-yoshlarning amaliyot o‘tash jarayonlarini samarali tashkil etish, ikki tomonlama tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shu kabi bir qator masalalar yuzasidan o‘zaro muloqot o‘tkazildi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq so‘zi”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
27
0
xs.uz

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi 'Xalqlar doʻstligi' sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 'Bitiruvchi ' 2025' tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay

31 May 08:49
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz

13 May 14:37
 
76
0
xs.uz

Andijonda “Equinox” va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon shahrida 'Equinox', tez yordam mashinasi va 'Damas' rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar bergan.Qayd etilishicha, hodisa kecha 12-may kuni soat 15:10 larda Andijon shahri Yusuf Otabekov, Mustaqillik va Bobur shohkoʻchalari kesishgan 'Klinika' chorrahasida yuz bergan. 40 yoshli X.G. 'Equinox' rusumli avtomashinasida Yusuf Otabekov koʻchasidan harakatlanib kelayotgan 'Wolsvagen' rusumli tez yo

01 Jul 04:27
 
1
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon shahrida Yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 30-iyun kuni soat 16:00 da Andijon shahar 'Pistamozor' MFY 'Bobur shoh' koʻchasida sodir boʻlgan. Andijon viloyati FVBga MAN rusumli yuk avtomobilida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Xabarga asosan 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:07 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:09 da alangani oʻrab olgan va 16:22 da to