Tadbirkorlik rivojida sanoat yarmarkalarining o'rni qanday?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga asosan 2021 yilda Jomboy tumanida doimiy asosda faoliyat yuritadigan "SOF EXPO SAMARKAND" ko'rgazmalar markazi sohalar kesimida mahsulotlar namoyishini boshladi.
Ko'rgazmalar majmuasidagi tadbirlar jahonda bo'ladigan ko'rgazmalar jadvallari bilan muvofiqlashtirilib, xalqaro ko'rgazmalar jadvallari ham mahalliy, ham xorijiy ishtirokchilarga qulay paytlarda yil boshlanishidan oldin eʻlon qilinib kelinmoqda. Har yili taxminan bir paytda bo'lishi ishtirokchilar uchun qulayliklar yaratmoqda.
Sanoat va xizmat ko'rsatish sohalari kesimida ixtisoslashgan xalqaro ko'rgazmalar bilan birga 2023 yildan xalqaro sanoat yarmarkalari va kooperatsiya birjasi tashkil etilib, unda mamlakatimizning barcha hududlaridan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlari namoyishini tashkil etib, o'zaro manfaatli shartnomalar imzolab kelishgan.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 11 maydagi "2023 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan mamlakatimizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda sanoat yarmarkalari va 12-15 dekabr kunlari respublika sanoat yarmarkasi tashkil etish belgilab berildi.
Ushbu qaror bilan Samarqand viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasini o'tkazish joriy yilning 30-31 may kunlariga belgilangan bo'lib, "SOF EXPO SAMARKAND" ko'rgazmalar markazi bo'ladigan tadbir turizm, gastronomik turizm, oziq-ovqat sanoati, mebelsozlik va elektrotexnika sanoati hamda gilam ishlab chiqarish sohalari mahsulotlari namoyishiga ixtisoslashgan. Ko'rgazmada o'zaro manfaatli shartnomalar tuzilishi va kelishuvlarga erishilishi rejalashtirilgan.
Keling, endi maqola sarlavhasida qo'yilgan savolga javob topaylik. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sanoat yarmarkalarining afzalliklari nimada?
Sanoat yarmarkalari o'zining serqirraligi bilan ajralib turadi va, albatta, jarayonning har bir ishtirokchisi uchun bir qator afzalliklarga ega.
O'z mahsulotlari bilan ishtirok etadigan korxonalar uchun afzalliklar:
- mahsulot namunalari, ular haqidagi axborotlar va taqdimotlar orqali reklama qilish, mahsulotlarni bozorga tanitishni kengaytirish;
- o'z mahsulotiga bo'lgan talabni o'rganish, unga bozor ishtirokchilarining munosabatini o'rganish, so'rovnomalar tashkil etish;
- raqobatchi korxonalar mahsulotlari afzalliklarini va o'z mahsulotlarining kamchiliklarini o'rganish;
- mahsulot sotish bo'yicha muzokaralar o'tkazish, shartnomalar tuzish, xaridorlar doirasini kengaytirish.
Ko'rgazma eksponatlari bilan tanishish uchun keladigan tadbirkorlar uchun afzalliklar:
- tadbirkorlar o'z mahsulotlari solishtirma tahlilini qilish imkoniga ega bo'ladilar, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish g'oyalarini oladilar;
- yoshlar tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun imkoniyatlarini chamalaydilar, tadbirkorlik g'oyalarini yaratadilar, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari haqida bilimga ega bo'ladilar.
Hududlarga sanoat loyihalarini tashabbus qilish, investitsiyalar jalb etish uchun masʻul davlat xizmatchilari uchun:
- o'z hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini ko'radi;
- ko'rgazma eksponatlari bilan tanishish uchun kelgan tadbirkorlarga sanoat loyihalari amalga oshirish yo'l-yo'riqlari ko'rsatiladi;
- hokim yordamchilari katta va kichik loyihalar qilish imkoniyatlari, loyiha takliflarini olib, o'z hududlarini rivojlantirish rejalarini qilish imkoniyatlariga ega bo'ladi.
Oliy va kasb taʻlimi muassasalari uchun afzalliklar:
- ko'rgazmadagi ishtirokchi korxonalar bilan kadrlarni tayyorlash va ularning malakalarini oshirish bo'yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish, memorandumlar tuzish;
- iqtisod yo'nalishida bilim olayotgan talabalar hududlardagi sanoat loyihalari bilan tanishadilar, iqtisodiyot bilan bevosita ishlayotganlar bilan muloqot qiladilar.
Xorijiy ishtirokchilar uchun afzalliklar:
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko'rsatuvchilar salohiyati bilan tanishish imkoniga ega bo'lishadi;
- har bir ishlab chiqaruvchi bilan yuzma-yuz ko'rishib, muzokaralar o'tkazish imkoniyati yaratiladi;
- yangi aloqalar, yangi g'oyalar hamda yangi loyihalar tashabbus qilish sharoitlaridan foydalanadi.
Shunday qilib, ko'rgazmalar va sanoat yarmarkalari tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlar o'rtasida o'zaro manfaatli shartnomalar tuzish va kelishuvlarga erishishga sharoit yaratadi.
Nozir Ibragimov,
viloyat hokimining mahalliy sanoat rivojlantirish masalalari bo'yicha yordamchisi, iqtisod fanlari doktori.
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
GʻAROYIB DARAXT
Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt. Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg
“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi
Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac
Buyuk Britaniya ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz qoʻshinlarini Ukrainada besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda
Britaniya ittifoqchilar tomonidan muhokama qilinayotgan rejalar asosida Ukrainaga besh yil davomida qoʻshin kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida 'The Telegraph' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, Ukraina hududiga qoʻshin kiritish mamlakatga qilinishi mumkin boʻlgan yangi bosqinning oldini olishi hamda Ukraina armiyasini tayyor holatga keltirish va qayta shakllantirishga yordam beradi.Ukraina hududiga kiritilishi mumkin boʻlgan qoʻshinlarning aniq soni haqida hech qanday ma