O'zbekiston va Singapur Prezidentlari muzokara o'tkazdilar

Uchrashuv avvalida Singapur Prezidenti davlatimiz rahbariga O'zbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va Singapur delegatsiyasiga ko'rsatilayotgan iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bo'lajak O'zbekiston Prezident saylovida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ushbu oliy darajadagi tashrif ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganidan buyon o'tgan 25 yil ichida birinchisi ekani taʻkidlandi.
Joriy yil boshidan o'zaro savdo ko'rsatkichlari bir necha barobar oshdi. Singapur O'zbekistonning eng yirik investorlari safiga kirdi.
Bugungi kunda Singapurning "Indorama", "Meinhardt Group", "Franklin Templeton", "Enercon", "PSA", "Чangi Airport" va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda kimyo va to'qimachilik sanoati, transport va logistika, shaharsozlik, taʻlim xizmatlari, xususiylashtirish sohalarida 3,8 milliard dollarlik loyihalarning amalga oshirilishi faol pallaga kirgan.
Oziq-ovqat xavfsizligini taʻminlash va oziq-ovqat mahsulotlarining Singapur bozoriga yetkazib berilishini yo'lga qo'yish masalalari ko'rib chiqildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qo'shma taʻlim markazi doirasida Singapurning davlat boshqaruvi va boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi tajribasini joriy etish muhimligi taʻkidlandi.
Singapurning O'zbekistondagi oliy taʻlim muassasalari faoliyati hamda ikki mamlakat o'rtasidagi muntazam madaniy, taʻlim va turizm almashinuvlarning faollashishi qo'llab-quvvatlandi.
Davlat rahbarlari Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda mintaqaviy integratsiyaning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, xalqaro maydonda, eng avvalo BMT doirasida hamda O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo'shilish jarayonida o'zaro anglashuv va qo'llab-quvvatlash darajasi yuqori ekanini qayd etdilar.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu
Oʻzbekistonda aviatsiya yonilgʻisi ishlab chiqarilishi mumkin
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarini muhokama qildilar. 2019-yildan buyon kompaniya mamlakatimizda qiymati 1,15 milliard dollarlik uchta yirik loyihani amalga oshirdi. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida vodorod va 'Navoiyazot' AJda suyuq karbonat angidrid gazini ishlab chiqarish shular jumlasidandir.Hozirda Buxoroda 200 million dollarlik kislorod va azot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uglerodni saqlash, av
BAXT VA TOTUVLIK OSHYONI
– Turmush o‘rtog‘im bilan bir mahallada ulg‘ayganmiz, bir maktabda tahsil olganmiz, – deydi Mushtariybegim. – Keyin Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyni ham birin-ketin bitirdik. IIV Akademiyasiga o‘qishga kirganimda, Isomiddin aka 3-kursda o‘qirdi. Ochig‘i, uydan olisda bo‘lganingda, mahalladoshing, maktabdoshing ko‘zingga boshqacha ko‘rinib ketarkan. Oldinlari uncha gaplashmagan bo‘lsak-da, o‘qish payti hol-ahvol so‘rab, xabardor bo‘lib turar
Xitoylik hamkorimiz Andijon viloyatining gidroenergetika salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi
Bu borada viloyatning suv oqimi yuqori bo'lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati borligi, ushbu jarayonda qatnashadigan tadbirkorlarga 3-yil imtiyozli davr bilan, 7-yilga 12 foiz stavkada kredit berilishi ta'kidlandi.Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi davomida hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi. Xususan, 'O'zbekgidroenergo' AJning asosiy xorijiy hamko