Din ishlari bo'yicha qo'mitaning ogohlantirishicha, ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʻda qilmoqda, buning esa mutlaqo imkoni yo'q.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun «Haj-2023» vizasi bo'lishi shart.
Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun haj ibodatini ado etishning asosiy sharti haj vizasiga ega bo'lish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va boshqalar) bilan haj tadbirini amalga oshirish Saudiya qonunchiligiga ko'ra qatʻiyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.
O'zbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan.
«Shunday ekan, ayrimlarning O'zbekiston orqali Haj safariga jo'natamiz, degan aldovlariga uchmang! Ular fuqarolarimizni boshqa davlatlar orqali noqonuniy tarzda olib ketishga urinishmoqda. Bu esa qonuniy asosga ega bo'lmagan va haj tashkil etishga vakolati yo'q kimsalarning urinishidir. Kezi kelganda aytib o'tish kerakki, bu kabi xatti-harakatlar Saudiya Arabistoni Podshohligi va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida qatʻiy chora ko'rilishiga sabab bo'ladi», deyiladi Din ishlari bo'yicha qo'mita xabarida.
Muborak safarlarga noqonuniy yo'llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100.000 saudiya riyoli (26.000 AQSh dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.
Maʻlum qilinishicha, birgina 2022 yil Haj mavsumida 500 nafardan ortiq O'zbekiston fuqarosi turistik va biznes viza orqali Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Haj ibodati maydoni «Mashoir»ga kira olmaganlar. Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya davlatlari orqali kelgan 1500 nafarga yaqin fuqaromiz esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Jumladan, 155 nafar fuqaromiz Podshohlik haj qonunchiligini buzganlik uchun Saudiya Arabistonidan 10 yil muddatga deportatsiya qilingan.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion
YPH faoliyatidan
Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik is