calendar 27 Mar 16:20
eye 102
comments 0
comments Manba: xs

Turkiyada Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi

image

Foto: Халқ сўзи

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi vakillari hamda Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi - “ANKASAM” ekspertlari ishtirokida “Oʻzbekistonda islohotlar va Yangilanajak Konstitutsiya” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, shuningdek, mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, davlatning demokratik poydevorini mustahkamlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrtoqlashildi.

Soʻngra Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha umumxalq muhokamalarida 222 715 ta taklif kelib tushganligi, takliflarning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy olgani, xususan, Asosiy qonunning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilanishi toʻgʻrisidagi axborotlar davra suhbati ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga koʻpayib, normalari 275 tadan 434 taga oshishi, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga koʻpayishi ham nazarda tutilgani qayd etildi.

Xususan, yangilanajak Konstitutsiyada mamlakatimizning suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qoʻyilgani, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga gʻamxoʻrlik – davlat siyosatining muhim yoʻnalishi ekanligi, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilangani, oʻqituvchilar maqomini yuksaltirish, yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida boʻlishi, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni ragʻbatlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralar belgilanganligi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari yanada faol boʻlishi uchun keng imkoniyat va kuchli himoya taqdim etilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

“ANKASAM” direktori professor Mehmet Seyfettin Erol Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholar ekan, keng jamoatchilik fikri va takliflari asosida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlar va unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi tom maʼnoda buni “xalq Konstitutsiyasi”, deb aytish imkonini berishini taʼkidladi.

“Ishonchim komilki, oldinda turgan konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatning ravnaqi va xalq farovonligi uchun mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi”, dedi u.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 06:33
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirda davlat mukofotlarini topshirdi

Koʻksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlab, muhtarama onalar, aziz opa-singillarni samimiy qutladi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini toʻliq taʼminlash, qadr-qimmatini ulugʻlash davlatimiz siyosatida yetakchi oʻrinda ekanini taʼkidladi.Xususan, 2017-yilda boshqaruv sohasida xodimlarning oʻrtacha 20 foizini xotin-qizlar tashkil etgan boʻlsa, hozir

04 Apr 16:19
 
24
0
xs.uz

Sammit doirasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston prezidentlari uchrashuv oʻtkazdi

O'zbekiston-Qozog'iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota shahrida bo'lib o'tgan norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlashni ko'paytirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, shu jumladan hududlar darajasida ilgari surish bo'yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko'rishi

06 Mar 16:12
 
52
0
xs.uz

Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri ochiq holda yuritiladi

Hukumat qarori bilan 'Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida'gi nizomi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda 'Huquqiy axborot' kanali.Mazkur Nizom inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi takrorlanadigan va dolzarbligini yoʻqotgan omillarni bekor qilish hamda eʼlon qilib borish jarayonlarini qamrab oladi.Jumladan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni taʼminlash, tadbirkorlarning huquqla

09 Mar 06:33
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi

Qonunga koʻra, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilar qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshira olmaydi.Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovla