calendar 22 Mar 06:21
eye 48
comments 0
comments Manba: xs

Bahordagi surunkali charchoq sindromi qandli diabet alomatimi?

image

Foto: Arxiv surat

Bahor kelib, kunlar isiy boshlashi bilan koʻpchilikda vitamin yetishmasligi kuzatiladi. Bu esa tanada holsizlik va kuchli charchoq alomatlari bilan namoyon boʻladi.

— Darhaqiqat, bunday belgilar erta bahor fasliga xos boʻlib, aksariyat insonlarni bezovta qiladi, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova.

— Biroq ushbu holatni faqat “ilik uzildi” mavsumi bilangina bogʻlash toʻgʻri emas. Sababi umumiy holsizlik bir qator infeksion va noinfeksion kasalliklarning ilk belgisi boʻlishi mumkin. Yuqumsiz endokrin (qandli diabetning ikkinchi turi) va xavfli oʻsma xastaliklari, revmatizm, revmatoid artrit, kamqonlik, yurak qon-tomir kasalliklari shular jumlasidan.

Bemor hayotiga xavf soladigan qandli diabetning ikkinchi turi (qondagi qand miqdorining oshib ketishi) koʻpincha 40 va undan katta yoshdagi kishilarda uchraydi. Bunga nasliy moyillik yoki notoʻgʻri ovqatlanish, semizlik, kamharakatlik, asabiy zoʻriqish kabilar sabab boʻladi.

U yashirin kechadi, lekin bosh miya, koʻz tubi, yurak, buyrak, hamma yirik va mayda arterial qon-tomirlar shikastlanib boradi. Bu patologik jarayon yurak qon-tomir va buyrak yetishmovchiligiga olib keladi.

Surunkali V va S virusli gepatitlar (jigar kasalliklari) esa yuqumli boʻlib, inyeksiya orqali, qon quyishdan, homilador onadan bolaga yuqishi mumkin. Xastalik yashirin kechgani bilan bemorda kundan-kunga umumiy holsizlik kuchayib boradi.

Agar sizni surunkali charchash sindromi bezovta qilsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Tibbiy koʻrik jarayonida mutaxassis holsizlik sabablarini aniqlashda yordam beradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:14
 
34
0
xs.uz

Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi

Oʻzbekistonda ilk bor tarixiy Samarqand shahri BMTning '2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish' mavzusida boʻlib oʻtadigan 'Davlat xizmati forumi ' 2025' nufuzli forumiga mezbonlik qiladi.Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.Mazkur forum joriy yilning 23-iyun sana

20 Mar 12:53
 
41
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

20 Mar 12:54
 
55
0
xs.uz

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan

20 Mar 12:53
 
56
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh