Rossiya Xitoydan harbiy yordam olmaydi — Oq uy vakili


Foto: Reuters
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi Rossiya Ukrainadagi mojaroda foydalanish uchun Xitoydan qurol olmayotganini aytdi.
“Biz hozircha Xitoy hukumati Rossiyaga harbiy yordam koʻrsatishga qaror qilgani haqida hech qanday alomat koʻrmadik”, deydi Kirbi.
Oldinroq, “Politico” nashri “ImportGenius” agregatori taqdim etgan savdo va bojxona maʼlumotlariga tayanib Xitoy kompaniyalari, jumladan, mamlakat hukumatiga aloqador boʻlgan kompaniyalar Rossiyaga 1000 taga yaqin avtomatlar, shuningdek, harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin boʻlgan dron qismlari va sovutlarni yuborgani haqida xabar bergan edi.
Nashrning qayd etishicha, ushbu yetkazib berishlar 2022-yilning iyun —dekabr oylarida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Xitoyning eng yirik davlat mudofaa pudratchilaridan biri “China North Industries Group Corporation Limited” oʻtgan yilning iyun oyida Amerikaning “Texkrim” kompaniyasi ishlab chiqargan “M-16” rusumli miltiqlar namunasidagi “CQ-A” miltiqlarini yuborgan.
Hisob-fakturalarda miltiqlar “fuqarolik ov miltigʻi” deb yozilgan. Nashrning taʼkidlashicha, “CQ-A” Xitoy harbiy politsiyasi, shuningdek, Filippin, Janubiy Sudan va Paragvay qurolli kuchlari tomonidan qoʻllaniladi.
Bojxona maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil oxirida Rossiya tomoni Xitoydan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar uchun 12 partiya ehtiyot qismlar, shuningdek, Turkiya orqali joʻnatilgan 12 tonna Xitoy sovutlarini qabul qilib olgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan Xitoy Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmasligi va tomonlarning hech biriga qurol bermasligini aytgan edi.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina masalasida Pekin har doim vaziyatdan kelib chiqqan holda mustaqil qaror qabul qiladi. Diplomatning taʼkidlashicha, “tinchlik va urush oʻrtasida” Xitoy “tinchlikni tanlaydi”, “muloqot va sanksiyalar oʻrtasida” esa “muloqotni tanlaydi”.
Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi
Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi
Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?
Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr
Qidiruvda boʻlgan erkak Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi
Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, poytaxt IIBB tomonidan qidiruvda boʻlgan 29 yoshli erkak Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda IIV'xabar berdi.Qayd etilishicha, 29 yoshli D.Y. IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul shahrida qoʻlga olingan.Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan yaqin oradagi IIOga yoki '102' qisqa raqamiga murojaat qil
Olimlar qandli diabet ustidan gʻalaba qozonishdi
AQSH va kanadalik xalqaro olimlar guruhi ildiz hujayralari terapiyasi yordamida 1-toifa qandli diabetni muvaffaqiyatli davolashga erish. Eksperimental muolaja ishtirokchilarining 83 foizi protseduradan bir yil oʻtgach, kundalik insulin inyeksiyalariga muhtojlik sezmagan. Tadqiqot natijalari 'New England Journal of Medicine' ilmiy jurnalida chop etildi.Jamoa laboratoriyada yetishtirilgan oshqozon osti bezi hujayralaridan foydalangan, ular bemorlarga jigar venasi orqali yuborilgan. Ushbu yondashu