calendar 11 Mar 10:21
eye 48
comments 0
comments Manba: xs

Maktab oʻquvchilari imtihonida yangilik

image

Joriy 2023-yil maktab oʻquvchilarining yakuniy imtihonlarida kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi.

Joriy yilning may va iyun oylarida maktab oʻquvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari boʻlib oʻtadi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari joriy yilning 25-mayiga qadar davom etadi.

9-sinf oʻquvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6 may kunlari oʻtkaziladi.

Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno.

Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.

Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilarga ushbu umumtaʼlim muassasalariga qoʻyilgan talablar asosida oʻtkaziladi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihonlar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika taʼlim markazi amalga oshiradi.

Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinadi hamda topshiriq namunalari 2023 yilning 1-aprelga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
50
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

23 Mar 16:44
 
62
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.

23 Mar 16:43
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekistonning 9 viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi

Kelayotgan hafta davomida Oʻzbekistonning 9 ta viloyati hududida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda 'Oʻzgidromet' agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 23-27-mart kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Quyidagi hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin:'Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvch

20 Mar 12:53
 
51
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo