Tadbirkorlardan ortiqcha hujjatlarni talab qilgan mansabdor shaxslar jarimaga tortiladi


Illyustrativ foto
Tadbirkorlardan qonunchilikda nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni talab qilib olish, xuddi shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish:
➖ mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si
Burhoniddin Kirmoniy merosi — Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida
Eronning Kirmon shahrida tug'ilgan bu alloma Samarqandda tibbiyotni chuqur o'rganib, Ibn Sino va Najibuddin Samarqandiy asarlariga sharhlar yozgan. U Ibn Sinoning mashhur 'Tib qonunlari' asariga yozgan sharhini Mirzo Ulug'bekka hadya qilgan. Hozirda mazkur asar qo'lyozmasining bir nusxasi Vashingtondagi tibbiyot kutubxonasida saqlanmoqda. Uning 'Sharhu-l-amrozi-l-juz'iya' ('Juz'iy kasalliklar sharhi') asari esa Damashqdagi 'Az-Zohiriya' kutubxonasida mavjud.Bu buyuk olimning ilmiy merosini o'rga
Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi
Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.