Oʻzbekistonda mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda doimiy yashash joyi va nikoh guvohnomasi talab qilinmaydi


Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan.
Nizomning 5-bandiga koʻra, mehmonxona xizmatlari doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qatʼiy nazar koʻrsatilishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.
Shuni taʼkidlash joizki, mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik subyektlari ichki tartib qoidalarini ishlab chiqishi lozim.
Ishlab chiqilgan ichki tartib qoidalari yuqoridagi Nizom talablariga zid boʻlmasligi kerak.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 389-son qarori bilan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga egasining shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi (6-band).
Shu munosabat bilan mehmonxonalar va boshqa joylashtirish obyektlari fuqarolik pasporti yoʻqligiga ishora qilib, yangi milliy haydovchilik guvohnomasi taqdim etilganda mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishni rad etishga haqli emas.
Shavkat Mirziyoyev Kuvayt davlatiga ilk rasmiy tashrifini yakunladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kuvayt Davlatiga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi.Davlatimiz rahbari Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mishʼal as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining aʼzolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazdi.Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yoʻnalishlari, jumladan,
Qashqadaryoda molxonasiga kannabis ekkan shaxs ushlandi
Qashqadaryoda viloyat IIB va Koson tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda'ogʻu shaydosining kirdikorlari fosh etildi, deb'xabar bermoqda'viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.Maʼlum qilinishicha, tumanning Saripul mahallasida yashovchi A.J. molxonasida togʻoraga 22 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelgani aniqlangan.'Nam holdagi kannabis oʻsimligining ogʻirligi 35,7 gramm chiqdi', deb yozadi IBB axborot xizmati.Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tum
Toshkent viloyatida koʻprikning bir qismi qulab tushdi
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Yangiyoʻl tumanida shikastlangan koʻprik yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, bugun, 8-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtgan D 022 'Nurafshon sh. ' Oqqoʻrgʻon sh. ' Yangiyoʻl sh.' avtomobil yoʻlining 58 kilometrida joylashgan koʻprikning bir qismi shikastlangan.'Hozirda koʻprik tegishli tashkilotlar va Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan nazoratga oli
Namanganda 16 yoshli qiz boshqargan mashina kanalga tushib ketdi
Namangan viloyatida 'Spark' kanalga tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23-mart kuni Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yuz bergan. Ushbu tumanda yashovchi fuqaro oʻzining boshqaruvidagi 'Spark' rusumli avtomashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Orqa oʻrindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi boʻlgan