Mahsulot ishlab chiqarishni klaster darajasiga yetkazish – asosiy maqsad


Foto: Xalq so‘zi
Kuni kecha Fransiyaning “Orano Mining” kompaniyasidan bir guruh mutaxassislar «Navoiyuran» DKga xizmat safari bilan kelgani haqida xabar bergan edik. Bugun kompaniya vakillari jurnalistlar bilan muloqotda dastlabki taassurotlarini bayon etishdi.
Bertran Oliver Mari KVINIU, “Orano Mining” kompaniyasi texnologik jarayonlar boʻyicha mutaxassisi:
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtgan yil kuzida Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga koʻra, “Orano Mining” kompaniyasi «Navoiyuran» DK bilan keng hamkorlikni yoʻlga qoʻyish belgilandi. Shu maqsadda bizning bir guruh mutaxassislardan iborat delegatsiyamiz «Navoiyuran» DKda boʻlib turibdi. Biz oʻzimizning sohamizga oid har bir yoʻnalish boʻyicha maʼlumotlarni oʻrganish ishlarini olib boryapmiz. Bundan maqsad ishlab chiqarishni kengaytirish va uran ishlab chiqarishni klaster darajasiga yetkazishdan iborat. Oʻrganishlardan keyin qoʻshma hisobotlar qilinadi va bu hisobotlar natijasida rivojlanish chora-tadbirlari hamda strategik “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.
Yana bir muhim jihatga eʼtiboringizni qaratishingizni istar edik. Bundan besh yil oldin Oʻzbekistonga, aynan shu korxonaga tashrif buyurganimda bu yerga kirish yoki maʼlumot olish, oʻrganish mutlaqo mumkin boʻlmagan edi. Buning oqibatida esa biz qariyb hech qanday taassurotlarsiz ortga qaytgandik. Bu galgi tashrifimizdan shuni koʻrib turibmanki, hamma sharoitlar yaratilgan, xorijiy hamkorlar bilan keng hamkorlik qilish uchun yoʻllar ochilgan va biz bundan juda ham mamnunmiz. Buning natijasida shaxsan oʻzim ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv jarayonlarini va konchilik sohasidagi amaliyotlar bilan tanishishga imkonim boʻldi.
Andreas MITTLER, “Orano Mining” kompaniyasi togʻ-kon sanoati boʻyicha katta eksperti:
- “Orano Mining” kompaniyasi faoliyati «Navoiyuran» DK bilan bir yoʻnalishda boʻlgani uchun ham oʻzaro hamkorlik qilish har jihatdan manfaatli va, albatta, juda qiziqarli deb oʻylayman. Bizning bu yerda mahalliy mutaxassislardan oʻrganadigan jihatlarimiz juda koʻpligiga amin boʻlyapman. Biz nafaqat oʻzimizning kompaniyada orttirgan tajribamizni, balki jahonning bir nechta mamlakatlari, xususan, Qozogʻiston va Mongoliyada shu yoʻnalishda olib borayotgan tajribamizni ham qoʻllab, oʻz fikrlarimiz bilan oʻrtoqlashamiz. Bizni hayratga solayotgan yana bir narsa shuki, konlar murakkab geografik-iqlim sharoitida joylashgan boʻlishi qaramasdan, uranni qazib olishda yuqori natijalarga erishilayotganligi quvonarlidir. Bunday qiyinchiliklarga va ob-havo injiqlariga qaramasdan, birgalikda uran ishlab chiqarish darajasini ikki barobarga yetkazishni maqsad qilib qoʻyganmiz. Bu natijaga erishish uchun konchilik hamda geologiya-qidiruv ishlarini raqamlashtirishni rejalashtirganmiz. Men ishonamanki, biz birgalikda fikrlashgan holda hamkorlikda bu ishlarni amalga oshira olamiz va oʻz xulosalarimizni beramiz. Albatta, xalqaro tajriba va tavsiyalarimiz har ikki tomonga ham foydali boʻladi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t
“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik