calendar 29 Jan 18:20
eye 45
comments 0
comments Manba: xs

Yaponiya banklari “Oʻzbektelekom”ga qariyb 150 million AQSH dollari miqdorida moliyaviy koʻmak beradi

image

Foto: Illustrativ foto

Yaponiyaning ommabop “Nikkei Shimbun” gazetasida “Yaponiya banklari “Oʻzbektelekom” AKga moliyaviy koʻmak beradi” sarlavhali maqola eʼlon qildi.

“Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va “Mitsubishi UFJ” banki “Oʻzbektelekom” AKga qariyb 19,3 milliard iyen (150 million AQSH dollari) miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatadi, — deb yozadi gazeta. — Mablagʻlar Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun yapon uskunalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi. JBIC ikki davlat oʻrtasidagi hukumatlararo aloqalarni mustahkamlash va moliyalashtirish orqali Yaponiya mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga koʻmaklashish niyatida”.

Maqolada aytilishicha, ushbu loyihaning operatori Yaponiyaning “Toyota sushyo” savdo kompaniyasi boʻlib, u orqali Yaponiyaning axborot-kommunikatsiya kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining uskunalari Oʻzbekistonga eksport qilinadi.

Qayd etilishicha, “Oʻzbektelekom” Oʻzbekistonda data-markaz yaratish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Yaponiya kompaniyalari uskunalar yetkazib berishdan tashqari texnik yordam ham koʻrsatadi.

“JBIC” Oʻzbekiston tomoniga umumiy moliyaviy resurslarning qariyb 60 foizini taqdim etadi. “Mitsubishi UFJ” banki tomonidan moliyalashtirilayotgan mablagʻlarning bir qismi xavflarni kamaytirish uchun “NEXI” davlat eksport-kredit agentligi tomonidan sugʻurta qilinadi”, deb yozgan “Nikkei Shimbun”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
153
0
xs.uz

“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad

17 May 21:46
 
58
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi

01 Jul 04:27
 
5
0
xs.uz

Surxondaryoda yoshlarning OTMga kirish koʻrsatkichi 11-oʻrindan 4-oʻringa koʻtarildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, hududini namunali qilgan viloyat va tumanlar koʻpligi taʼkidlandi.Xususan, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan oshgani qayd etildi.Ilgari bu borada Toshkent shahri yakka peshqadamlik qilgan boʻlsa, bugungi kelib Toshkent viloyati, Samarqand, Andijon, Namangan, Fargʻona yoshlarining biznesdagi natijalari poytaxtdan qolishmayapti.Qor