Samarqanddagi “Ishga marhamat” monomarkazida koreyalik mutaxassislar mahorat darslarini olib bormoqda


Foto: Xalq so‘zi
Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bugungi kunda yigirmadan ortiq kasbiy taʼlim yoʻnalishida ishsiz fuqarolar oʻz qiziqishi boʻyicha oʻqitilib, tegishli sertifikatga ega boʻlmoqda. Eʼtiborlisi, tinglovchilarni ish bilan taʼminlash masalasi ham eʼtibordan chetda qolayotgani yoʻq. Shu kungacha monomarkaz bitiruvchilarining 90 foizi bandligi taʼminlangani, yuzdan ortiq korxona-tashkilotga hamkorlik shartnomasi asosida mutaxassislar yetkazib berilgani buning dalilidir.
Mehnat bozorini oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, asosan ayollar sartaroshi, tikuvchi, payvandchi, elektr tarmogʻi muhandisi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, issiqxona texnologiyasi, zargarlik, kosmetolog, qandolatchi va oshpazlarga talab katta boʻlmoqda. Monomarkazda mutaxassislar tayyorlashda bu jihat inobatga olinayotir.
Shuningdek, oʻquv mashgʻulotlarini sifatli tashkil etish uchun xalqaro hamkorlik masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilyapti. Xususan, shu kunlarda Koreya Respublikasining Global Service-Learning KEIMYUNG COLLAGE universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari Samarqanddagi ushbu markazda boʻlib turibdi.
Markazda koreyalik mutaxassislar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, oshpazlik hamda sartaroshlik kasblari boʻyicha mahorat darslarini olib bormoqdalar.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'
Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o
Prezident Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi
Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!Siz, azizlarni, ko'pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram ' Navro'zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda.
Oʻzbekistonda elektr energiyasini qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali ham olish boshlanadi
Oʻzbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalishdagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Prezidentning 2025-yil 24-martdagi PQ-116-son, PQ-117-son va PQ-118-son qarorlari qabul qilindi.Qarorlarga koʻra, Toshkent shahri va Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechiml