Buxoroda avtomobillarga gaz quyish shoxobchasidagi oʻgʻrilik fosh etildi


Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan «Oʻzneftgazinspeksiya» xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tekshiruvda, “D.” va “O.B.” MCHJlarga qarashli 3 ta metan gaz quyish shoxobchalariga oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunalaridan oʻtayotgan gaz hajmi sunʼiy ravishda kamaytirilgan holda koʻrsatilishiga erishilganligi oqibatida 26,2 mlrd soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻrilanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan MCHJ rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) hamda «Hududgaz Buxoro» gaz taʼminoti korxonasi masʼul shaxslariga nisbatan 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us
Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'
Prezident Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi
Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!Siz, azizlarni, ko'pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram ' Navro'zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda.