Samarqandda 6 yillik ish staji yozib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi


Foto: Illustrativ surat
Samarqandda Yevropa davlatlaridan biriga ishga ketmoqchi boʻlgan shaxsga 6 yillik ish staji yozib Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 600 AQSH dolari soʻragan. Bu haqda viloyat viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 6-yanvar kuni huquqni muxofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Yevropa davlatlaridan biriga ketish niyatida yurganligini, biroq chetga chiqishi uchun ish staji yetmayotganligini aytadi.
Murojaatchiga koʻra, 2022-yilning dekabr oyi oʻrtalarida Payariq tumani Tomoyrot mahallasida yashovchi, oʻzini “revizior” deb tanishtirgan “B.T.” ismli shaxs bilan tanishib qolgan. B.T. uning ishonchiga kirib, Payariq tumanidagi fermer xoʻjaliklardan biriga 2017-yildan boshlab ishga joylashganligi toʻgʻrisidagi soxta hujjatlarni tayyorlab, Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib, 6 yillik ish staji qilib berishini aytadi.
Shuningdek, B.T. murojaatchidan har bir yil uchun 100 AQSH dollaridan, jami 600 AQSH dollari miqdoridagi pulni talab qilayotganini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Hozirda arizaga asosan, 6-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Payariq tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi harbiy hisob yetakchi mutaxassisi B.T. ariza muallifidan 500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o
Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani b
Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe