Jamshid Xodjayev Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov bilan uchrashdi


Foto: «Халқ сўзи»
Joriy yilning 29-dekabr kuni hukumat delegatsiyasining ishchi tashrifi doirasida Ostona shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov bilan muzokaralar oʻtkazdi. Muloqot davomida asosiy eʼtibor Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning yaqinda Oʻzbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari boʻyicha ikki Davlat rahbarlarining berilgan topshiriqlarini bajarishga qaratildi.
Alixon Smailov tashrif natijasida ikki tomonlama hamkorlikning barcha ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yirik kelishuvlarga erishilganini taʼkidladi. Ularning amalga oshirilishi maxsus ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da batafsil bayon etilgan boʻlib, respublikalar oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga turtki boʻlib xizmat qiladi.
Tomonlar oʻzaro savdo munosabatlarini rivojlantirishdagi ijobiy dinamikani, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik faol chuqurlashib borayotganini qayd etdilar. Shu oʻrinda yangi qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tashabbuslarni hukumat darajasida qoʻllab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi.
Muloqot chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning turli dolzarb masalalari ham muhokama qilindi. Oʻzbekiston tomoni mamlakat hukumatining oʻzaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha mushtarak maqsad va natijalarga erishish uchun Qozogʻiston hukumati bilan yaqin hamkorlikda samarali ishlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri ikki davlat prezidentlarining 2022-yil 21-22-dekabr kunlari boʻlib oʻtgan muzokaralari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni imzoladi. Oʻzbekiston tomonidan mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.
Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo
Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg
Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us
Samarqandda jamoat transporti uchun toʻlov narxlari oshirildi
Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 3 ming soʻm plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.Bundan tashqari, pensionerlar, nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar joriy etilgan.