calendar 27 Dec 12:32
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir

Eronda 100 ga yaqin Starlink faol holatda turibdi – Ilon Mask

image
image

"SpaceX" bosh ijrochi direktori Ilon Mask Eronda 100 ta Starlink faol holatda turganini maʻlum qildi. Starlink internet mavjud bo'lmagan hududlarda yuqori tezlikdagi internet aloqasini taʻminlab beruvchi sunʻiy yo'ldosh tizimidir. Bu haqda "Reuters" nashri xabar berdi.

Joriy yilning 26 dekabr kuni Ilon Mask Twitter’dagi sahifasida "Eronda 100 ga yaqin Starlink faol holatida", deya xabar qoldirgan. 

Maʻlumot uchun, sentyabr oyida 22 yoshli Mahsa Aminining politsiya hibsxonasida o'limi ortidan internetda ko'plab norozilik vediolari tarqalgan edi. Shu sababdan Eron hukumati internetda bir qator cheklovlarni kiritgan. 

Shuningdek, sentyabr oyida milliarder Eron hududida Starlink faollashtirishini aytib o'tgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing