Jamshid Xodjayev «Alyat» erkin iqtisodiy zonasi va “Boku xalqaro dengiz savdo porti” YAJ rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazdi


Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 24-dekabr kuni Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev «Alyat» erkin iqtisodiy zonasi va “Boku xalqaro dengiz savdo porti” YAJ rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muzokaralar chogʻida Ozarbayjon porti va EIZ resurslari va imkoniyatlaridan birgalikda foydalanish asosida sarmoyaviy, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, Ozarbayjon «Alyat» EIZ boshqaruvi raisi Valeh Aleskerov bilan erkin iqtisodiy zonada oziq-ovqat, charm-poyabzal, toʻqimachilik va boshqa yuqori talabga va qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, MDH va boshqa qoʻshni davlatlar bozorlariga eksportni tashkil etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga urgʻu bergan holda sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Boku xalqaro dengiz savdo porti” YAJ bosh direktori Taleh Ziyadov bilan transport-logistika aloqalarini yanada kengaytirish, xususan, konteynerlar tashish va “Ro-Ro” usulida yuklarini dengiz portlari orqali yetkazish hajmini oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Tomonlar Xalqaro avtomobil transporti toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitim imzolanganini olqishladilar. Boku xalqaro dengiz savdo porti negizida oʻzbek omborlari va konteyner terminallarini ochish istiqbollari hamda yuklarni, jumladan, kundalik ehtiyojlar uchun zarur tovarlarni ikki davlat hududlari orqali oʻzaro tashish masalalarini muhokama qilish uchun Xalqaro avtomobil transporti boʻyicha Aralash komissiya yigʻilishini oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.
Uchrashuvlar yakunida muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish doirasida kelgusidagi hamkorlik formati kelishib olindi.
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak