calendar 20 Dec 11:32
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir

IT bo'yicha xalqaro sertifikat olganlarning xarajati qoplanadi

image
image

Endilikda O'zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan fuqarolar my.gov.uz portali orqali ariza topshirib, xalqaro sertifikat yoki o'qishga sarflagan xarajatlarining 50 foizini qoplatib olishlari mumkin. Bu haqda portalning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʻlum qilindi.

Qayd etilishicha, Coursera, Orasle, Udemy, Misrosoft, Google va boshqalar sertifikat olish mumkin bo'lgan yo'nalishlar sirasiga kiradi.

Shuningdek, kelib tushgan arizani ko'rib chiqish, sertifikatni tekshirish va plastik kartaga pul mablag'ini tushirib berish muddati 17 ish kunida amalga oshiriladi. Imtihon xarajati maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kun o'tmasdan murojaat etilganda kompensatsiya qilinadi.

Maʻlumot uchun, agar talabgor 16 yoshga to'lmagan bo'lsa, arizani to'ldirishda ota-onasi yoki vasiy haqidagi maʻlumotlarni keltiradi.

Onlayn arizani ushbu havola orqali yuborish mumkin.

Eslatib o'tmiz, joriy yilning 16 iyun kuni bo'lib o'tgan anjumanda Oliy va o'rta-maxsus taʻlim vaziri Abduqodir Toshqulov O'zbekistonda chet tilini bilish darajasini belgilovchi CEFR sertifikati uchun imtihonlar bepul bo'lishi mumkinligi hamda xalqaro IELTSʼ sertifikatidan 7 ball olgan fuqaroga Yoshlar agentligi sarflangan pulni to'liq qaytarib berayotgani haqida maʻlum qilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing