calendar 16 Dec 13:32
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir

Maskni tanqid qilgan jurnalistlarning Twitter sahifasi bloklandi

image
image

Kecha, 15 dekabr kuni Ilon Mask o'zi haqida tanqidiy yozgan bir necha taniqli jurnalistning Twitter'dagi akkauntini to'xtatib qo'ydi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar berdi.

Mask shaxsiy maʻlumotlarni chop etishni taqiqlovchi qoidalar barchaga, jumladan, jurnalistlarga ham tegishli ekani haqida twit qoldirdi. Yaʻni tadbirkorning so'zlariga ko'ra, kimningdir shaxsiy maʻlumotlarini Twitter'da oshkor qilib bo'lmaydi.

Taʻkidlanishicha, Ilon Mask shaxsiy samolyotini real vaqt rejimida kuzatib borgan jurnalistning sahifasini to'xtatgan. Tadbirkor noyabr oyida Twitter'dagi so'z erkinligi darajasi kengayishini maʻlum qilgan edi. Biroq uning bu harakatlari noyabrdagi so'zlariga mos kelmaydi.

Umuman olganda, Maskning Twitter boshqaruviga kelishi kompaniyada bir nechta tartibsizlikni keltirib chiqardi. U ijtimoiy tarmoqni xarid qilishi bilan top menejyerlarni ishdan bo'shatdi va o'rniga boshqalarni tayinladi. Bundan tashqari, kompaniya ishchilari 50 foizga qisqartirildi.

Shuningdek, Ilon Mask Amerika Qo'shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Trampning Twitter'dagi hisobini qayta tikladi. Trampning hisobini tiklash Mask Twitter'ning siyosatini keskin o'zgartirganini anglatadi.

Albatta, Maskning harakatlari Twitter'da reklama beruvchilarda ham xavotir uyg'otdi. Biroq Amazon va Apple'ning Twitter'da reklama berishni davom ettirish qarori mutlaq yutuq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Ilon Mask joriy yilning 27 oktyabrida Twitter'ni 44 milliard yevro evaziga sotib olgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing