calendar 15 Dec 12:32
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir

ЁuTube haqoratli izoh yozuvchilarni ban qilmoqchi

image
image

ЁuTube haqoratli izoh yozgan foydalanuvchilarni bir sutkaga ban qila boshlaydi. Bu haqda "Teчcrunч" nashri xabar berdi.

Dastlab platforma haqoratomuz izohlar yozgan foydalanuvchilarga bildirishnoma yuborishini maʻlum qildi. Agar foydalanuvchi bildirishnoma olganiga qaramay, haqoratomuz izohlarni yozishda davom etsa, xizmat ularga 24 soatga qadar boshqa izoh qoldirishni taqiqlaydi.

Taʻkidlanishicha, bildirishnomalar yuborish chorasi sinovdan o'tkazilgan va sezilarli darajada muvaffaqiyatli ekanligi aniqlangan.

Hozirda bu chora faqat ingliz tilidagi sharhlar uchun qo'llaniladi. Shuningdek, platforma keyinchalik ko'proq tillarni qamrab olishni maqsad qilgan. 

"Maqsadimiz platformani haqorotomuz sharhlar bilan hamjamiyatga salbiy taʻsir ko'rsatmoqchi bo'lgan foydalanuvchilardan himoya qilish, shaffoflikni taʻminlash va ularga yo'riqnomalarimizni tushunishga yordam berishdan iborat", deydi platforma mutasaddilari.

Maʻlumot uchun, agar foydalanuvchi o'z sharhini platforma tomonidan noto'g'ri olib tashlangan, deb hisoblasa, u o'z fikr-mulohazalarini bildirishi mumkin. Biroq platforma fikr-mulohazalarni ko'rib chiqqandan so'ng sharhlarni qayta tiklash-tiklamasligi nomaʻlum.

Ozoda Choriyeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing