Havo haroratining keskin pasayishi va qor yogʻishi munosabati bilan tabiiy gaz isteʼmoli sezilarli darajada oshmoqda


Foto: Arxiv surat
«Hududgaztaʼminot» AJ axborot xizmati maʼlum qilishicha, 4-dekabrda mamlakat aholisiga (3,9 milliondan ortiq isteʼmolchiga) 68 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. (2021-yil 4-dekabrda — 55,8 mln kub metr, yaʼni joriy yil 21% ga koʻproq yetkazib berildi).
Shunga qaramay 516 ta mahallada yoki 79 ming isteʼmolchida gaz bosimining pasayishi kuzatildi, 14 ming isteʼmolchida esa gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
“Aholi va ijtimoiy soha obyektlarni «zangori” yoqilgʻi bilan taʼminlash maqsadida «Hududgaztaʼminot» tomonidan 10 mingdan ortiq soha xodimlari jalb qilinib, ular mahallalar kesimida muammolarni hal qilish uchun barcha saʼy-harakatlarini ishga solmoqdalar. Xususan, “Binokor” va „Bektemir» gaz taqsimlash stansiyalarida chiqish bosimini oshirish ishlari olib borilmoqda va bu poytaxtning Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Yakkasaroy, Mirobod va Sergeli tumanlarida tabiiy gaz bosimining yaxshilanishiga imkon beradi», — deyiladi xabarda.
“Fursatdan foydalanib, barcha isteʼmolchilarni «zangori” yoqilgʻi bilan taʼminlash maqsadida «Hududgaztaʼminot» hurmatli fuqarolardan tabiiy gazdan oqilona foydalanishlarini va birinchi navbatda zarur boʻlgan gaz jihozlarini ishlatishni, uydan chiqib ketayotganda esa isitish moslamalarining haroratini iloji boricha pasaytirishni iltimos qiladi», — deyiladi bayonotda.
Barcha murojaatlar, shikoyatlar va takliflar 1104 call-markazi va 104 dispetcherlik xizmati raqamlari, shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmogʻida gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun ochiq guruhi orqali qabul qilinadi.
Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy
Yuksak hamdoʻstlik ifodasi
Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan
“Portlash emas, sizib chiqish”: Qoʻqonda nima gaplar?
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan 'Indorama Kokand Fertilizers html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Chemicals' zavodida yuzaga kelgan holat boʻyicha rasmiy izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda zavodda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritilar ekan, voqea portlash emas, balki suyuq ammiak moddasi sizib chiqishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.Zavod maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, suyuq ammiak mo
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p