calendar 06 Dec 03:20
eye 44
comments 0
comments Manba: xs

Vladimir Norov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Takashi Xatorini qabul qildi

image

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Takashi Xatorini qabul qildi.

Uchrashuv Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. Vazir Elchini lavozimga kirishishi bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Yaponiya strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yuqori darajadagi ishonch va oʻzaro anglashuvga erishish, keng koʻlamli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun zarur mexanizmlarni yaratish imkonini bergani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha choralar koʻrish zarurligi taʼkidlandi.

Boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti yigʻilishi oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi munosabatlarni faollashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
32
0
xs.uz

Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi

'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml

17 May 21:46
 
48
0
xs.uz

Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz

13 Jun 00:38
 
27
0
xs.uz

Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar