calendar 05 Dec 12:32
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir

Messi Jahon chempionatining ikki asosiy favoritini aytdi

image
image

Argentina terma jamoasining yulduzi Lionel Messi Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida o'zi favorit deb bilgan jamoalar nomini aytdi. Bu haqda "Ole" nashri xabar berdi.

"Braziliya terma jamoasining Kamerun bilan uchrashuvida 0:1 hisobidagi mag'lubiyatini inobatga olmasak, mundialda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Bu jamoani chempionlik uchun asosiy daʻvogarlardan biri deb bilaman. Frantsiya terma jamoasi esa taktik mahoratga ega jamoa. Ular maydonda to'pni juda yaxshi nazorat qiladi", deya fikr bildirgan 35 yoshli hujumchi.

Maʻlumot o'rnida, Argentina JCh-2022 1/8 finalida Avstraliyani 2:1 hisobida mag'lub etib, chorak finalga chikdi. 9 dekabr sanasida terma jamoa Niderlandiya bilan to'qnash keladi.

Mushtariy G'aniyeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
36
0
xs.uz

“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida

31 May 08:50
 
114
0
xs.uz

Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi

Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''

17 May 21:48
 
598
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

17 May 21:48
 
364
0
xs.uz

Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnirlar boshlandi

O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida o'tayotgan 'UNG Meeting Continental' turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajasidagi turnir bo'lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga mo'ljallangan.Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo'yicha 'Suv parisi' Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat spo