Oilaga doir normalarni takomillashtirishni davrning oʻzi taqozo etmoqda


Insonning tugal hayot kechirishi uchun qulay va maqbul muhit oila ekani barcha xalqlar, millatlar va dinlar tomonidan eʼtirof etilgan. Shu bois har bir davlat oilani himoya qilish, uning barqarorligi taʼminlash uchun yetarli va zarur sharoitlarni taʼminlashga harakat qiladi. Buning uchun esa qonunchilikda oilaga bagʻishlangan, uning zarurati va barqarorligini taʼminlaydigan, oiladagi umumbashariy qadriyatlarni saqlab qoladigan normalar belgilash muhimdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham “jamiyatning asosiy boʻgʻini oila ekanligi va u davlat va jamiyat muhofazasida boʻlish huquqi egaligi” belgilangan (63-modda). Bu standart qoida dunyoning koʻplab ilgʻor va rivojlangan davlatlari Konstitutsiyalarida mustahkamlangan. Ushbu konstitutsiyaviy norma negiziga esa milliy qonunchilikda oilaning, onalik, bolalik va otalik muhofaza qilinishi bilan bogʻliq meʼyorlar singdirib yuborilgan.
Bugun Konstitutsiyamiz va milliy qonunchilikdagi oilaga bagʻishlangan normalarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ularni takomillashtirish zarurati borligi sezmaslik mumkin emas. Xususan, oilaning ilk asosi hisoblangan nikohga oid qoidada muayyan noaniqliklar mavjud. Konstitutsiyaning 63-moddasi ikkinchi qismida “nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, dey belgilangan. Mazkur qoidadagi “tomonlar” iborasi huquqiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan toʻgʻri ifodalanmagan. Gap shundaki, Oila kodeksining 2-moddasi “oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi” tamoyili asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bundan anglashiladiki, nikoh – bu erkak va ayol tomonidan tuziladigan ittifoqdir. Shu maʼnoda, Konstitutsiya 63-moddasidagi nikoh subyektlariga nisbatan qoʻllanilgan “tomonlar” termini xatodir.
Bu borada xorijiy davlatlar konstitutsiyalariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, koʻplab davlatlarda nikoh – erkak va ayolning ixtiyoriy roziligiga asoslanishi belgilangan. Bunday yondashuv nikohni talqin etish va tushunishga nisbatan keyingi paytda yuzaga kelayotgan xavflar va chaqiriqlar, anʼanaviy nikoh aqidalaridan chetga chiqishga boʻlayotgan urinish zamirida juda muhim. Zero, konstitutsiya darajasida anʼanaviy nikoh belgilarini, yaʼni nikoh erkak va ayol oʻrtasidagi ittifoq ekanligini qatʼiy oʻrnatish davlat va jamiyatda “boshqacha nikoh”ga yoʻl qoʻyilmasligi borasidagi aniq nuqtayi nazar va qoida oʻrnatadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi Konstitutsiyadan bir oz ildamlagan holda oila hamda onalik, otalik va bolalarning muhofaza qilinishi borasida toʻliq “kompozitsiyasini” ifodalagan. Mazkur “toʻrtlik” Konstitutsiyaning 65-moddasi ikkinchi qismida belgilangan. Bu normada faqat “onalik va bolalik” davlat muhofazasida boʻlish belgilangan. Bu esa “oila va otalik” masalasi, oila toʻliq boʻlishi hamda bolalarning kamoli oilada taʼminlanishi gʻoyasi toʻliq boʻlishiga olib kelmaydi. Chunki, davlat tomonidan dastlab “oila”, keyin “onalik, otalik va bolalik” muhofaza qilinishi kerak. Mantiqiy jihatdan ham bola oilada, oʻz ota-onasi bagʻrida kamolga yetishi davlat tomonidan muhofaza qilinishi zarur. Albatta, bu borada yetim bolalar yoki ota-onasidan biri vafot etgan yoki ota-onasi ajrashgan bolalar ham davlat tomonidan muhofaza etiladi. Biroq davlat “toʻliq oila” muhofazasiga eʼtibor qaratishi va oilalar barqarorligini taʼminlashga qaratilgan chora va tadbirlarni ishlab chiqishi lozim. Buning uchun esa konstitutsiya darajasida “oila” hamda “onalik va bolalik” bilan birga “otalik” ham davlat muhofazasi olinganligi belgilanishi lozim. “Otalik” konstitutsiya darajasida davlat muhofazasiga olinishi nafaqat otaning oʻz bolasiga boʻlgan huquqlarini kafolatlashga xizmat qiladi, balki otaning bola tarbiyasiga, uning taʼminoti va taʼlimiga ham masʼuliyat bilan yondashishiga undaydi.
Bolalarni tarbiyalash jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Bolalarni toʻgʻri tarbiyalash eng avvalo, ota-ona zimmasiga yuklanadi. Bolani tarbiyalash huquqi dastlab va ustuvor jihatdan uning ota-onasi tegishli ham huquq, ham majburiyatdir. Shu sababli Konstitutsiyada bolalarga gʻamxoʻrlik qilish, ularni tarbiyalash borasida ota va onaning birday masʼul ekanligi belgilash zarur.
Umuman olganda, oilalarning barqarorligi, ota-ona va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarda oʻzaro hurmat va gʻamxoʻrlikni taʼminlash, davlatning yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishi kabi qoidalar Konstitutsiyada belgilab qoʻyilishi nafaqat qonunchilik takomillashuvi, balki jamiyatning rivoji uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bahromjon TOPILDIYEV,
Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori.
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et
Toshkentda BYD va “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent shahri Yashnobod tumanida BYD va 'Lacetti' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt YHXB voqea yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan. Unda BYD hamda 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida 'Lacetti'ning 2 nafar yoʻlovchisi jabrlangan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.Hozirda holat yuzasidan Toshken
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi
Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik