
Foto: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
Yevropaning Airbus aviasozlik korporatsiyasi bir necha oy ichida Rossiya titanidan voz kechishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi kompaniyaning mudofaa va koinot boʻlimi rahbari Mixael Sholxorn.
“Agar gap titan haqida borayotgan boʻlsa, biz Rossiya bilan aloqalarni uzish jarayonida turibmiz. Bu masala bir necha oyda hal boʻladi, yilda emas”, – degan Airbus rahbarlarining biri Myunxenda oʻtkazilgan brifingda.
Xabarda keltirilishicha, Airbus kompaniyasi titanga boʻlgan ehtiyojining 60 foizga yaqinini Rossiya titani bilan qondirib kelgan.
Rossiya kompaniyasining aerokosmonavtika uchun yetkazib berayotgan titan mahsuloti jahon bozorining uchdan birini tashkil etadi.
Airbus – dunyodagi eng yirik aviakosmik va mudofaa korxonalaridan biri hisoblanadi. Airbus yoʻlovchi samolyotlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, uning Airbus Defence and Space deb nomlangan yoʻnalishi ham bor. U mudofaa va aerokosmik mahsulotlar va xizmatlarni sotadi. Bundan tashqari, Airbus Helicopters boʻlimi vertolyot ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.
Oʻzbekistonlik harbiylar AQSH Milliy gvardiyasining maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilarini magʻlub etib, nufuzli musobaqa gʻolibi boʻlishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Abdullayev Alishox va III-darajali serjant Jovkashev Shoxrux joriy yilning 17'20-mart kunlari AQSHning Missisipi shtatidagi 'Camp Shelby' harbiy-oʻquv bazasida oʻtkazilgan 'Eng ilgʻor jangchi'2025' musobaqasida munosib ishtirok etishdi.Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus boʻlinmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik harbi
Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi
Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, 'Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida'gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057
O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi
Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby