calendar 25 Nov 11:31
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir

Navoiy viloyatiga hokim tayinlandi

image
image
-

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining bugun, 25 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tayotgan sessiyasida Normat To'lqunovich Tursunov nomzodi viloyat hokimligiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov maʻlum qildi. 

Viloyat hokimligiga nomzodning taqdimotidan so'ng Kengash deputatlari nomzodning taklif va rejalarini muhokama qildi, o'z fikr-mulohazalarini bildirgan.

So'ng Navoiy viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo'yildi. Ovozga qo'yish natijalariga ko'ra, Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. 

Sessiya yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Normat Tursunov endi o'z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan ko'p yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilishi lozimligini aytdi. 

Yangi hokim bugundan boshlab o'zining o'rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoshlarni birlashtirib, har bir tuman va shaharni, qishloq va mahallani rivojlantirish choralarini ko'rishi lozimligi taʻkidlandi.

Eslatib o'tamiz, Normat Tursunov 2021 yilning 8 noyabr kuni viloyatni ko'p yillar boshqargan Qobul Tursunovning isteʻfosidan so'ng viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland