calendar 25 Nov 10:20
eye 67
comments 0
comments Manba: xs

Bagʻdod tumanida mijozlarga mutolaa imkoniyatini taklif etuvchi tamaddixonalar koʻpaymoqda

image

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida yengil tamaddi qilish istagida boʻlgan xoʻrandalarga dastlab eng sara adabiyotlar va maxsus QR-kodli kitoblar “menyu”sini taqdim etuvchi tamaddixonalar koʻpaymoqda. Quvonarlisi, ushbu ezgu tashabbus aholiga umumiy ovqatlanish xizmati koʻrsatuvchi tadbirkorlar tomonidan bajonidil qoʻllab-quvvatlanayotir. Kuni kecha tumanning yana ikkita manzilida zamonaviy bukkafe (book-cafe) faoliyatini boshladi.

Tadbirkor Shohruh Abdurahimov oʻziga tegishli tamaddixonada bepul “WI-FI” hududi va moʻjaz kutubxona tashkil etdi. Bagʻdod tumani axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman boʻlinmasi koʻmagida bukkafedagi kitob javoniga oʻnlab yangi badiiy asar joylashtirildi. Shuningdek, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarining elektron nusxasi tushirilgan QR-kodli maxsus banner ham oʻrnatildi.

—  Zamonaviy mezonlar asosida kitobxonlarimiz safini kengaytirib borish – asosiy maqsadimiz, — deydi Bagʻdod tuman axborot-kutubxona markazi rahbari Muattarxon Umarova. — Bu borada kitob mutolaasini ommalashtirishga befarq boʻlmagan tadbirkorlarning yordami katta boʻlmoqda. Bukkafelardagi kitoblar turli yoshdagi mijozlar uchun moʻljallangan va ular har hafta yangilanib turiladi.

Maʼlumotga koʻra, ayni paytda Bagʻdod tumani mahallalarida 40 ta “Ziyo doʻkoni”, 14 ta bukkafe hamda 20 dan ortiq manzilda bepul “WI-FI” hududlari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu kabi ziyo maskanlarida 10 mingga yaqin kitobni asl va elektron koʻrinishida mutolaa qilish mumkin.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
44
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad

31 May 08:49
 
65
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard

17 May 21:46
 
57
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi

04 Jun 02:44
 
36
0
xs.uz

4-iyun kuni ob-havo qanday boʻladi?

'Oʻzgidromet' 4-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda