calendar 25 Nov 08:31
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir

Evroparlament Rossiyaga qarshi yana bir qarorni qabul qildi

image
image

Evropa parlamenti kecha, 24 noyabr kuni Evropa Ittifoqi kengashi bilan Ukrainaning sobiq hududlari, shuningdek, (tan olinmagan) Abxaziya va Janubiy Osetiyada chiqarilgan xalqaro pasportlarni tan olmaslik haqidagi kelishuvni maʻqulladi. 

Qaror 531 nafar "maʻqul" ovoz bilan qabul qilindi, 7 nafar deputat "qarshi", 34 nafar deputat betaraf qoldi. 

Qarorga ko'ra, Evrokomissiya Evropa Ittifoqiga aʻzo davlatlar bilan maslahatlashuvlardan so'ng "Rossiyaning sayohat hujjatlari, xususan, tan olinmasligi kerak bo'lgan pasportlar ro'yxati"ni tuzishi kerak bo'ladi. 

Biroq, mojaro zonalarini tark etish uchun Evropa Ittifoqiga kelgan shaxslar gumanitar sabablarga ko'ra qabul qilinishi mumkin. 

Evropa Parlamenti tomonidan maʻqullangandan va EI Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so'ng, hujjat Evropa Ittifoqining "Rasmiy jurnali"da eʻlon qilinadi va tegishli huquqiy hujjat ertasi kuni kuchga kiradi.

Eslatib o'tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Strasburgda Evropa Ittifoqi parlamenti Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzi tufayli Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olish to'g'risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Qarorni 494 nafar deputat qo'llab-quvvatladi, 58 nafari qarshi, 44 nafari betaraf qoldi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

KXDR Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha yoʻllarni yopib qoʻydi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi 9-oktyabrdan boshlab oʻz hududini 'asosiy dushman' davlat Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish va toʻxtatib turish ishlarini olib borishini, shuningdek, mudofaa tuzilmalarini mustahkamlashini maʼlum qildi.Markaziy telegraf agentligida eʼlon qilingan Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Koreya yarim orolidagi dushman kuchlarning qarama-qarshilik isteriyasi tobora kuchay

09 Oct 12:40
 
19
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish

24 Aug 17:27
 
40
0
xs.uz

Ukraina endi Moskvani nishonga oldi

Ukraina Kursk viloyatiga hujumini davom ettirar ekan, Moskvaga eng yirik uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni mudofaa kuchlari Moskva va uning atrofidagi 11 ta dronni urib tushirgani, baʼzilari Podolsk shahri ustidan Kremldan 38 km janubda qulaganini maʼlum qildi. 'Bu Moskvaga dronlar bilan hujum qilishning eng yirik urinishlaridan biri', dedi Moskva Meri Sergey Sobyanin.Moskvaga dron hujumlari kamdan-kam uchraydi. Ukrainaning Rossiya poytaxtini