Ronaldu jahon chempionatlaridagi gollari soni boʻyicha Maradonaga yetib oldi


Foto: Reuters
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda boʻlib oʻtadigan JCH-2022 guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ganaga qarshi oʻyinda gol urdi.
37 yoshli hujumchi penaltini golga aylantirdi va jamoasining 3:2 hisobidagi gʻalabasiga yordam berdi.
Ushbu aniq zarbasi bilan Ronaldu beshta jahon chempionatida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bungacha u 2006, 2010, 2014 va 2018-yilgi jahon chempionatlarida raqiblar darvozasiga gol kiritgan edi.
Shu tariqa u jahon chempionatlaridagi gollar soni boʻyicha Ronaldu argentinalik Diyego Maradona, germaniyalik Rudi Fyuller va braziliyalik Rivaldoga yetib oldi.
Jahon chempionatlarida gol kiritish boʻyicha rekord Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchi Miroslav Klozega tegishli. Uning hisobida mundiallarda kiritilgan 16 ta gol bor. Ronalduda bu koʻrsatkich 8 tani tashkil etmoqda.
Ronaldu beshinchi marta jahon chempionatlarida qatnashayotgan kam sonli futbolchilardan biri. Xuddi shunday koʻrsatkichga meksikalik Rafael Markes, Antonio Karbaxal, germaniyalik Lotar Matteus va argentinalik Lionel Messiga ega.
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi
Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.
Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi
Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi
Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori
Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi
Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida