calendar 24 Nov 14:21
eye 55
comments 0
comments Manba: xs

Fargʻonada Yaponiya kompaniyasi tomonidan dronchilar  tayyorlash maktabi tashkil etiladi

image

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov amaliy tashrif bilan kelgan Yaponiyaning “Sanctuary” va “DS Drone School Osaka” kompaniyalari rahbari Uemura Masatoni qabul qildi.

Uchrashuvda Yaponiya kompaniyasi ishtirokida Fargʻona viloyatida “aqlli” qishloq xoʻjaligi tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor axborot texnologiyalarini tatbiq qilish, dronlar orqali ekinlarni parvarishlash kabi vazifalar istiqboli koʻrib chiqildi.

Oʻz navbatida Uemura Masato Fargʻona viloyatida klasterlar hamda fermer xoʻjaliklari uchun dronlar orqali dalalarda ekin parvarishi yuzasidan maʼlumot yigʻish hamda tahliliy monitoring yuritish, shuningdek, Yaponiyada ishlab chiqarilgan 30 kg yuk koʻtarish quvvatiga ega qishloq xoʻjalik dronlari orqali ekinlarni kimyoviy oʻgʻitlash xizmatini tashkil etishga amaliy yordam berish uchun tayyor ekanini maʼlum qildi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, dastlabki bosqichda amaliy samaradorlikni koʻrsatish uchun ushbu xizmatlar bepul taqdim etiladi. Shundan soʻng klaster korxonalari rahbarlari bilan shartnoma asosida ish olib borish rejalashtirilmoqda.

Yuzma-yuz muloqotda Fargʻonada qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan dronchilar tayyorlash maktabini tashkil etish hamda muvaffaqiyatli bitiruvchilarga xalqaro sertifikatlar berish tizimini joriy qilish masalasi ham muhokama qilindi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
34
0
xs.uz

Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh

04 Jun 02:44
 
38
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga

04 Jun 02:44
 
34
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan

08 Jun 02:26
 
32
0
xs.uz

2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berildi

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil yanvar aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayt etilgan.Poytaxtda yanvar-aprel oylarida 8 milliard dollarlik tashqi savdo aylanmasi kuzatilgan.Respublikamizning boshqa hududlaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi quyid